Xorijda o’qiyotgan talabalardan bizga kelgan murojaatlarda, “Ikkita oliygohda bir vaqtning o‘zida o‘qish mumkinmi?” – degan savollar ham bor.
2025-yildan o‘qishni ko‘chirmoqchi bo‘lgan talaba oliygohga abituriyent bo‘lib ham hujjat topshirishi mumkin. Abituriyent va «perevodchilar» uchun test bir xil vaqtda bo‘lmasligi sababli bemalol imtihonga kirib chiqishi va muvaffaqiyatli o‘tganidan so‘ng, keyinchalik o‘z xohishiga ko‘ra birini tanlashiga to‘g‘ri keladi. Bir vaqtda ikki xil jarayonga hujjat topshirish taqiqlanmagan va bu keyinchalik talabaga hech qanday muammo tug‘dirmaydi. Ammo bir vaqtning o‘zida ikkita oliy ta’limda o‘qish imkoniyati mavjud emas.
Maqolada xorijda o’qiyotgan o‘qishini ko‘chirmoqchi bo‘lgan talaba oliygohga abituriyent bo‘lib ham hujjat topshirishi tartibi haqida batafsil ma’lumot olishingiz mumkin.
Bir yilda 30 mingdan ortiq talaba o‘qishni ko‘chirish uchun test topshirgan
- yilda nodavlat oliygohlarning 30 mingdan ortiq talabasi o‘qishni ko‘chirish uchun test topshirgan.
2024-2025-o‘quv yili uchun xorijiy va nodavlat oliy ta’lim muassasalaridan respublika davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha jami 43 882 nafar talabgorga test sinovlarida ishtirok etishga ruxsat etilgan edi.
Nodavlat oliygohlardan – 33 255 nafar;
Xorijiy OTMlar filiallaridan – 657 nafar;
Xorijiy davlatlar OTMlaridan – 9 970 nafar.
Xorijda o’qiyotgan talabalar uchun O’zbekistonda o’qishni davom ettirishning ikkita muhim yo’li mavjud. Xorijdan o’qishni ko’chirishni istaganlar belgilangan test sinovlaridan o’tishi kerak, abituriyent sifatida hujjat topshiruvchilar esa davlat universitetlarining umumiy qabul kvotasi doirasida o’qishga kirish imkoniyatiga ega. Ushbu jarayonda cheklov mavjud emas, faqat har bir variant uchun alohida to’lov amalga oshiriladi. Shu bois, talabalar o’zlariga mos yo’nalishni tanlab, o’qishni davom ettirishlari mumkin.
Xorijdan o’qishni ko’chirish: 2025-yilgi yangi tartiblar
O’zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimida xorijdan o’qishni ko’chirish va abituriyent sifatida hujjat topshirish tartibiga ko ‘ra, 2025-yil 15-iyuldan boshlab, xorijiy OTMlar, respublika faoliyat yuritayotgan xorijiy universitetlar hamda nodavlat oliy ta’lim muassasalaridagi o’qishni ko’chirish bo’yicha arizalar qabul qilinadi. Ushbu jarayonda xorijda tahsil olayotgan talabalar qanday imtihonlardan o’tishi, to’lov miqdori va ham imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumot beramiz.
Xorijdan o’qishni ko’chirish tartibi
Xorijiy oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan talabalarga O’zbekistondagi davlat OTMlariga o’qishni ko’chirish imkoniyati beriladi. Buning uchun:
- Talaba maxsus test sinovlarida ishtirok etishi kerak.
- Yetarli o’tish ballini to’plagan taqdirda, o’qishni ko’chirishga ruxsat beriladi.
- O’qish qoldirilgan kurs va fanlarga mos ravishda belgilangan kursdan davom ettiriladi.
Imtihon va to’lovlar
Xorijdan o’qishni ko’chirayotgan talabalar uchun:
- Test sinovlaridan o’tkaziladi.
- Test topshirib, belgilangan o’tish ballini qo’lga kiritgan talabalar O’zbekistondagi OTMga o’qishni ko’chirish huquqiga ega bo’ladi.
- To’lov miqdori har yili belgilangan normativlarga asoslanib e’lon qilinadi.
Ikkinchi variant: Abituriyent sifatida hujjat topshirish
Xorijda o’qiyotgan talabalar nafaqat o’qishni ko’chirish imkoniyatiga ega, balki ular davlat OTMlariga abituriyent sifatida ham hujjat topshirishlari mumkin.
Abituriyent sifatida hujjat topshirish shartlari
Xorijda tahsil olayotgan talabalar O’zbekistonning davlat OTMlariga 5 tagacha yo’nalish tanlab, abituriyent sifatida ro’yxatdan o’tishi mumkin.
- Bu holatda ular test sinovlaridan o’tib, umumiy kvota asosida talabalikka qabul qilinadi.
Ikkala imkoniyatdan foydalanish mumkinmi?
Ha, xorijda tahsil olayotgan talabalar bir vaqtning o’zida ikki yo’l bilan O’zbekistonda o’qish imkoniyatiga ega:
- O’qishni ko’chirish – Xorijdagi OTMdan o’qishni O’zbekistondagi davlat universitetiga ko’chirish.
- Abituriyent sifatida hujjat topshirish – 1-kursga yangidan o’qishga kirish.
Agar ikkala yo’nalish bo’yicha ham ijobiy natija qayd etilsa, talaba o’ziga qulay variantni tanlash huquqiga ega.
Hujjat topshirish vaqti:
Bunda 15-iyun – 15-iyul oralig‘ida my.uzbmb.uz platformasida
Abituriyent sifatida hujjat topshirish mumkin
Buning uchun faqat diplom yoki attestat raqamini kiritish kifoya
Agar raqam yodingizda bo‘lmasa, taxminiy raqam kiritish ham mumkin
15-iyuldan boshlab o‘qishni ko‘chirish (perevod) uchun hujjat topshirish
Faqat transkript yuklash yetarli
Xulosa
Abituriyentlar va perevodchilar uchun imtihonlar bir vaqtda o‘tkazilmaydi – shuning uchun ikkala jarayonda qatnashib, yakuniy qarorni keyin tanlashingiz mumkin. Lekin ikkita oliygohda bir vaqtning o‘zida o‘qish mumkin emas!
Ushbu tartib talabalarga ko‘proq imkoniyat yaratish, tanlov erkinligini oshirish va alternativ yechim topishga ko‘maklashish maqsadida joriy etilgan.