Oʻz oldingizga qoʻygan katta maqsadlarga erishish uchun IELTS imtihonidan o’tishingiz kerakmi?
Bunga tayyorlanish jarayoniga qancha vaqt va naqtimiz ketishidan xavotirdamisiz? Endi bu muammo emas! Examy — IELTS imtihoniga tayyorlanishda sizning eng koʻmakchingiz! Bu shunchaki platforma emas, uning imkoniyatlari keng boʻlib, sun’iy Intellekt va tajribali dasturchilar tomonidan yaratilgan. Bu bilan har bir talaba IELTS bo’yicha 9 olishi ehtimoli yuqori.
Nega Aynan Examy?
Bozorda IELTSga tayyorlovchi platformalar ko’p, ammo Examy ulardan tubdan farq qiladi. Uning asosiy xususiyati — sun’iy intellekt (SI) bilan ishlashidir. O’zingiz o’ylang-a, sizning yozma ishlarinigizni va nutqiy qobiliyatingizni baholash uchun nafaqat tezkor balki, 20 ming so’m evaziga to’liq testni topshirish imkoniyatiga egasiz! Siz bitta insho uchun $10 sarflashingiz mumkin, ammo Examy sizga $2 ga 10 ta insho baholash imkoniyatini beradi. Bu shunchaki matematikadan iborat farq emas, balki sifat va qulaylikni birlashtirgan aqlli yondashuv.
Dasturning imkoniyatlari?
Examyning asosiy maqsadi — sizga IELTS imtihoniga sifatli va arzon tayyorgarlik imkoniyatini berish. Platforma sizga quyidagilarni taqdim etadi:
Mock testlar: Real imtihon formatidagi testlarni topshirish va o’z ballingizni taxmin qilish imkoniyati.
SI baholash: Sun’iy intellekt yordamida Writing va Speaking bo’limlari bo’yicha tezkor, aniq va ob’ektiv baholash.
Xatolar tahlili: O’z xatolaringizni tushunish va ularni tuzatish uchun batafsil tahlil.
Natijalar tahlili: O’z yutuqlaringizni va rivojlanishingiz kerak bo’lgan tomonlarni aniqlash uchun batafsil natijalar tahlili.
Examy Platformasining Afzalliklari:
Tezkorlik: Test natijalari bir daqiqadan kamroq vaqt ichida tayyor bo’ladi! Endi natijalarni uzoq kutib o’tirish shart emas.
Arzonlik: To’liq test topshirish imkoniyati 20 ming so’m! Bu an’anaviy markazlarga nisbatan ancha arzon.
Yuqori sifat: O’zbekistondagi IELTS ekspertlari bilan hamkorlikda baholashning sifatini ta’minlaymiz.
Qulaylik: Platformadan istalgan joyda va istalgan qurilmada foydalanish mumkin.
Innovatsiya: Sun’iy intellekt va zamonaviy texnologiyalar yordamida yuqori aniqlikdagi baholash.
Qo’llab-quvvatlash: Xatolaringizni tahlil qilish va ularni tuzatish uchun maxsus funksiyalar hamda foydalanuvchilar uchun qulay interfeys.
Kimlar Examy-dan foydalandi?
Ha, albatta! Birinchi yilning o’zidayoq nafaqat O’zbekistondan, balki butun dunyodan 17,000 dan ortiq foydalanuvchi Examyga ishonch bildirdi. Ular platformaning tezligi, arzonligi va qulayligidan mamnun ekanliklarini aytishmoqda. Ko’plab foydalanuvchilarimiz Examy orqali IELTS imtihonlarida yuqori ball to’plashga erishganlari haqida gapirishmoqda.
2. Examy orqali sizga kim yordam beradi?
Bizning jamoamizda o’z sohasining eng yaxshi mutaxassislari to’plangan:
Mamura Yuldasheva: O’zbekistonda IELTS 9.0 olgan birinchi ayol. Writing qismi sifatli baholanishiga kòmaklashadilar.
Barno Asqarova: IELTS 8.0 egasi va 7 yildan ortiq tajribaga ega IELTS o’qituvchisi. Shaxsan oʻzlari platformadan foydalanib, kamchiliklar, yoki qulayliklar qoʻshish kerakligini bizga aytadilar.
Shuhratov Behzod: IELTS 8.0 sohibi va Examy asoschilaridan biri. Uning o’z IELTS tajribasi platformani sifatini taminlashda koʻmaklashadi.
Platforma talabalar tomonidan talabalar uchun ishlab chiqilgan
Platforma asoschilari yosh dasturchilar: Behzod Shuhratov va Javohir Shomurodov hisoblanadi. Bu iqtidorli yoshlar biri Amerika va yana biri Koreyada bo‘lsa ham online tartibda ish olib borib, dasturni yanada takomillashtirdi. Bu haqida Begzod Shuhratov shunday deydi:
– «2023 yilning avgust oyida IELTS dan imtihon topshirishim kerak edi. Va yangi chiqqan AI chatBotlarni ishlatib, Writing qismimni anchagina yaxshilab oldim. Imtihonni topshirib 8.0 ball oldim, shunda bildimki, Sun’iy intellektni bu borada foydasi bor ekan, va o‘shandan keyin xuddi shu protsessni qulay platforma ko‘rinishida qilishni boshladik sherigim Javohir bilan. Talabalarga bu dastur orqali foydam tegsa xursandman»
Xulosa:
Examy – bu nafaqat IELTS tayyorgarlik platformasi, balki sizning maqsadlaringizga erishishingizda yaqin ko’makchingizdir! Tezkorlik, arzonlik, yuqori sifat, innovatsiya va tajribali mutaxassislar sizning xizmatingizda! Shunday ekan, vaqtni bekorga o’tkazmang, Examyga qo’shiling va IELTS 9.0 oling!