Hemis dasturi
Hemis — ta’lim jarayonini onlayn tarzda boshqarish imkonini beruvchi axborot tizimidir Hemis axborot tizimi oliy ta’lim muassasalarining asosiy faoliyatini avtomatlashtirish orqali ma’muriyat xodimlari, professor-o‘qituvchilar va talabalariga elektron ta’lim xizmatlarini taqdim etadi.
Hemis tizimi 2020 yildan boshlab O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarida qo‘llanila boshladi. Hemisning asosiy funksiyalaridan biri, o‘quv dasturlari, fanlarni hamda talabalarning o‘quv faoliyatini boshqarish, universitet bitiruvchilarini ro‘yxatga olish va monitoringini amalga oshirishdir.
Talabalar tizimga bir kunda qancha vaqt ajratadi
Hemis universitetlar strukturasi, fakultetlar hamda kafedralar, xodimlar va o‘qituvchilar tarkibi, talabalar kontingenti hamda ularning harakatiga oid axborotlarni boshqaradi. Hozirgi kunda Hemisdan 229 dan ortiq Oliy ta’lim muassasalari hamda 1 milliondan ortiq foydalanuvchilar (talaba va o‘qituvchilar) foydalanadi. Talabalar tizimga bir kunda o‘rtacha 4 soat vaqt ajratadi. Tizimdan kerakli bo‘lgan fan resurslari: ma’ruza, seminar, amaliyot, mustaqil ishdagi ma’lumotlarni olib fanlarni o‘zlashtiradi.. Hemis tizimi «Ma’muriy boshqaruv», «O‘quv jarayoni», «Ilmiy faoliyat» va «Moliyaviy boshqaruv» kabi modullarni o‘z ichiga olgan.
Afzalliklari
Hemis tizimi bir qancha qulayliklarga ega:
- Hemis axborot tizimi barcha subyektlarni, shu jumladan talabalar va ularning ota-onalarini ham axborotga bo‘lgan ehtiyojini qondira oladi;
- Tizim boshqaruvchilar tomonidan axborotlarni tahlil qilish va ular asosida qarorlar qabul qilish samaradorligini oshiradi;
- Hemis mobil ilovasini yuklash orqali o‘z ta’lim ma’lumotlaringiz bilan muntazam ravishda tanishib turishingiz mumkin. Shuningdek, ilova orqali ma’lumotlarni elektron ko‘rinishda olish hamda qaror qabul qilishda subyektiv omillarning ta’sirini bartaraf etish mumkin.
- Talabaga tegishli bo‘lgan barcha ma’lumotlar zaxiralanadi hamda ta’lim jarayonidagi axborot oqimlari maqsadli ravishda tashkil etiladi.
Ilovada talaba barcha zaruriy ma’lumotlar mavjud. Ahamiyatlisi, talaba bu ma’lumotlar bilan istalgan payt tanishib chiqa oladi. Bu esa, talaba o‘z ta’lim jarayonini nazorat qilishiga katta yordam beradi.
Talaba Hemisda:
- dars jadvali
- fan resurslari
- ma’lumotlar
- nazorat jadvali
- shartnomalar hamda topshiriqlar bilan tanishib chiqishi mumkin.
Oliy ta’lim tizimidagi ta’lim jarayonlarini raqamlashtirish orqali qog‘ozbozlikni oldi olinadi va professor-o‘qituvchilar asosiy vaqtlarini bilim berish va izlanish bilan shug‘ullanishiga imkon yaratadi.
Hemis axborot tizimining mobil ilovasi
Hemis axborot tizimining talabalar uchun mobil ilovasi ishga tushirilgan
Unda diplom ma’lumotlari, reyting daftarchasi kabi oʻquv jarayoniga tegishli boʻlgan ma’lumotlarni yuklab olish mumkin.
Endilikda talabalar mazkur ilova orqali oʻquv jarayoniga tegishli boʻlgan:
- reyting daftarchasi;
- transkript;
- oʻzlashtirish koʻrsatkichlari;
- nazorat jadvallari;
- fanlarning elektron resurslari kabi maʼlumotlarni olishlari mumkin.
Bu ta’lim sohasida inson omilining qisqarishini ta’minlaydi. Undan tashqari talabalarning oʻziga qulay vaqtda, qulay joyda kerakli hujjatlarni fayl ko’rinishida yuklab olishlari osonlashadi.
Tizimda darsga kechikib kelgan va sababsiz dars qoldirgan talabaga “nb” qo‘yiladi. Talaba betob bo‘lsa, qoldirgan darsi uchun tibbiy punktdan 0,96 forma shaklida ma’lumotnoma taqdim etishi lozim. Darsga kech qolgan talaba esa tushuntirish xati orqali tizim mutaxassisiga “nb”sini tuzattiradi. Tizimdan yetarlicha ball to‘play olmagan talaba yakuniy nazorat imtihonlariga kiritilmaydi. Hemis tizimi 100 ballik sistemaga moslashtirilgan bo‘lib, har bir fandan talaba yiqqan ballarni semestr oxirida hisoblab beradi. Har bir bajarilgan mustaqil ish mavzusiga 20 balldan beriladi. Yakuniy nazorat imtihoniga kirishi uchun talaba 24 balldan 40 ballgacha to‘plashi zarur, qolgan 60 ballni yakuniy nazorat imtihonidan to‘playdi.
Imtihondan yiqilgan talabalar yozgi semestrda bir oy davomida mutaxassislar tomonidan o‘qitiladi va qayta imtihon topshirishlari uchun fanning kredit miqdorini to‘laydi.
Hemis tizimi qachon mukammallashadi?
Yuqorida Hemis tizimi afzalliklari haqida batafsil to‘xtaldik. Ammo uning kamchiliklari ham yo‘q emas. Tizim mukammallashtirishga muhtoj.
Masalan, unda darsga kechikib kelgan va sababsiz dars qoldirgan talabaga “nb” qo‘yiladi. Talaba betob bo‘lsa, qoldirgan darsi uchun tibbiy punktdan 0,96 forma shaklida ma’lumotnoma taqdim etishi lozim. Darsga kech qolgan talaba esa tushuntirish xati orqali tizim mutaxassisiga “nb”sini tuzattiradi. Ammo tizimda “otrabotka” degan joyi yo‘q soddaroq aytganda, kredit tizimida “otrabotka” degan narsa yuq. Unda “nega talaba otrabotka topshiradi?” degan savol tug‘iladi. Ayrim OTMlarda professor-o‘qituvchilar otrabotka topshirishni talab qilishayotganiga duch kelamiz.
Qolaversa, Tizimdan yetarlicha ball to‘play olmagan talaba yakuniy nazorat imtihonlariga kiritilmaydi. Imtihondan yiqilgan talabalar yozgi semestrda bir oy davomida mutaxassislar tomonidan o‘qitiladi va qayta imtihon topshirishlari uchun fanning kredit miqdorini to‘laydi.
Tizimda talabaning yakuniy nazorat imtihonidan o‘tishi uchun bir marta imkoniyat berilgan. Dastlab, ushbu dastur ishlagandan keyin, talabalarga uch martagacha yakuniy nazorat imtihonlarini topshirishga ruxsat berilgan edi. Talaba imtihondan uchinchi marta ham o‘ta olmasa, undan keyin kredit to‘lab qayta o‘zlashtirgan bo‘lsa, keyingi yillarda negadir talabalarga bunday imkoniyat berilmayapti. Ko‘pchilik talabalar esa, qismi shu tartibdan norozi.
Kredit to‘lashga hamma oilaning ham sharoiti ko‘tarmaydi. Shu sababli tizimda yakuniy imtihonlarni topshirish uchun ikkinchi marta imkoniyat berilishi talabalarga imkoniyat yaratardi. Kredit to‘lashim kerak deb ishlab yurgan talabalarni ham bilamiz.
Yana bir muhim jihat, Hemisda o’qituvchini talaba tanlashi, fan tanlashi kabi yo‘nalishlar bor. Ammo bu funksiyalar ishlamaydi.
Qolaversa, tizimga barcha ma’lumotlar qatorida barcha baholar to‘liq ko‘rsatilishi kerak, ammo avvalgi o’quv yilidagi baholar negadir hammada birdek ko‘rinmaydi.
Bu tizim ishlaganiga ham 4 yildan ortiq vaqt bo‘ldi. Bu davr ushbu kamchiliklar tuzatilish, dasturni yanada mukammallashtirish uchun yetarli vaqt emasmi?
Xorijiy tajriba
Yevropa mamlakatlarida Hemis tizimida talabalar o‘qiydi, izlanadi, bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ladi. Mustaqil ish mavzularini ham tizimda topshiradi. Professor-o‘qituvchilar bilan laboratoriya ishlarini olib borib, ilmiy ishlar ham yoqlashadi. Ko‘proq vaqtini tizimda fanlarni o‘zlashtirishga qaratadi. Talaba darsga qatnashgan, qatnashmaganligini ham tizimning o‘zi belgilaydi. Bizda ham Hemis tizimi mukammal ishlab chiqilib, talabani rivojlangan davlatlardagi singari o‘z kasbini sevadigan, yetuk mutaxassis bo‘lib yetishiga xizmat qilishi zarur.