«Hamster Kombat» oson pul topishning yo‘limi? yohud o’yin haqiqatlari

Pul topishning oson yo‘li har doim odamni o‘ziga tortadi. Buning ajablanarli joyi yo‘q: «muvaffaqiyatli muvaffaqiyat» qadrlanadigan zamonaviy dunyoda bizni hamma joydan tez sur’atlar bilan boylik oqimi haqidagi hikoyalar atrofimizni qurshab olgan. Telegramdagi mashhur «Hamster Kombat» o‘yini 2,5 oy ichida 150 milliondan ortiq odamni o‘ziga tortdi.

«Notkoin sotgan talaba 10 sutkaga qamaldi» yoki «Telegramda kripto-aktiv yig‘ib, Notcoinni sotgan yigit palon oliygohning talabasi ekan» degan xabarlarga tez-tez duch kelamiz. Bu global o‘yinni noqonuniyligidan bexabar holda o‘ynaganlar o‘rtasida talabalar asosiy qismni tashkil etadi. Demak talabalar bu o ‘yin haqiqatlaridan to‘liq habardor emaslar. Ushbu maqolada «Hamster Kombat» o‘yini asl haqiqatlari borasida mutaxassislarning fikrlari bilan o‘rtoqlashamiz. Xo‘sh, bu aslida qanday o‘yin? «Hamster Kombat» o‘yinida to‘plangan hisob birliklari kripto-aktiv sanaladimi?

«Hamster Kombat» qanday o‘yin?

Nigora Djurayeva Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti doktaranti

«Hamster Kombat» klik janridagi mobil ilova bo‘lib, unda bosh qahramon Hamster hisoblanadi. O‘yinchining vazifasi kemiruvchini shunchaki bosish va tangalar ishlab chiqarish orqali kripto birjasining rahbariga aylantirishdir. O‘yin ishlab chiquvchilari kelajakda foydalanuvchilar virtual pullarni yechib olishlariga va’da berishadi. Shuni ta’kidlab o‘tish joizki, bolalar o‘rtasidagi baxtsiz hodisalar soni, ruhiy kasalliklardan o‘limgacha, o‘yinlar tufayli ko‘paymoqda.

Foydalanuvchilar o‘zlarining daromad strategiyalarini ishlab chiqadilar va yangi o‘yinchilarni jalb qiladilar. Ularning vazifasi saytni ishlab chiqish va virtual valyuta topishdir. Tangalarni olish uchun o‘yinchi boshqa foydalanuvchilarni taklif qilishi kerak.

Biroq, Hamster Kombatda pul ishlashning asosiy usuli passiv daromaddir. Foydalanuvchi turli xil kartalarni sotib oladi va ularni yangilaydi. Shuning uchun siz o‘yinga muntazam ravishda, taxminan har uch soatda kirishingiz kerak. Bundan tashqari, o‘yinchilar har kuni botni ochish uchun tanga olishadi.

Hamster Kombat mashhurligi sababi?

Hamster Kombat bir necha sabablarga ko‘ra juda mashhur bo‘lishga ulgurdi. Birinchidan, o‘yin piramidadir. Unda ma’lum muvaffaqiyatga erishish uchun siz do‘stlarni, ya’ni potentsial yangi foydalanuvchilarni taklif qilishingiz kerak. Bu juda ko‘p odamlarni jalb qiladigan ajoyib marketing hiylasi.

Ikkinchidan, ishlab chiquvchilar foydalanuvchilarga o‘yindagi pul bir kun kelib haqiqatga aylanishiga xayoliy umid beradi. Bu, albatta, oson pul topishni istagan odamlarni jalb qiladi.

Yana bir muhim jihat shundaki, Hamster Kombat yaratuvchilari faqat balog‘at yoshiga yetgan fuqarolar pul mablag‘larini olib qo‘yishlari mumkinligini ta’kidlaydilar. Biroq, ro‘yxatdan o‘tishda yosh cheklovlari yo‘q. Shuning uchun uni juda ko‘p bolalar o‘ynaydi.

Kimlar oyin muvaffaqiyatiga ishonadilar?

Tanqidiy fikrlash qobiliyatiga ega bo‘lmagan ko‘p odamlar o‘yin muvaffaqiyatiga ko‘r-ko‘rona ishonadilar. Va u ularni shunchalik o‘ziga singdiradiki, odamlar tom ma’noda o‘yinga sho‘ng‘ishadi, butun vaqtlari va kuchlarini bosishga bag‘ishlaydilar.

Hamster Kombat yaratuvchilari juda agressiv marketing olib borishadi. Ular foydalanuvchilarni har uch soatda o‘yinga kirishga va boshqa odamlarni jalb qilishga majbur qiladi. O‘yin tufayli odamlarda signal qo‘yib, tunda uyg‘onganligi sababli asabiy buzilish holatlari allaqachon kuzatilgan.

Haqiqatan ham o‘z hayotiga ishtiyoqli odamlar yoki kriptovalyuta bilan shug‘ullanadiganlar birjalar haqidagi ma’lumotlarni va undan pul ishlashning haqiqiy usullarini bilishadi. Agar biror kishi o‘zini nazorat qilmasa, o‘yinni jiddiy qabul qilsa, uni maqtasa va u yerda doimo vaqt o‘tkazsa, u mutaxassisning yordamiga muhtoj deb o‘ylayman.

Bolalar psixologiyasiga ta’siri qanday?

Bolalarda tanqidiy fikrlash kam rivojlangan. Ko‘pincha ular Internetda yozilgan yoki boshqalar, tengdoshlar, bloggerlar tomonidan aytilgan narsalarga ko‘r-ko‘rona ishonishadi. Bu Hamster Kombatning foydasiga ishlaydi. Bola o‘yinda oson pul topishni xohlaydi.

Agar bola juda ko‘p miqdordagi tangalarni yig‘ish bilan mashg‘ul bo‘lsa, u uxlashni va tengdoshlari bilan muloqot qilishdan bosh tortishi mumkin va uning barcha bo‘sh vaqtlari gadjet atrofida o‘tkaziladi. Bu asab tizimining haddan tashqari kuchlanishiga, buzilishlarga va ruhiy kasallikning rivojlanishiga olib keladi. Bundan tashqari, e’tibor va xotira yomonlashadi, bolaning jahldorligi, tajovuzkorligi va asabiylashishi kuchayadi.

Bolalar o‘ynashda giperfiksatsiyani boshdan kechirish ehtimoli ko‘proq. Ayniqsa, yozgi ta’tilda, maktab, uy vazifasi va boshqa narsalar shaklida chalg‘itadigan narsalar bo‘lmaganda.

Ota-onalar o‘z farzandlariga o‘yindagi tangalar hech qachon haqiqiy pulga aylanmasligi haqidagi fikrni yetkazishlari muhimdir. Autizm spektrining buzilishi, diqqat yetishmasligi giperaktivligi buzilishi va tanqidiy fikrlash qobiliyati past yoki umuman bo‘lmagan odamlar ham xavf ostida.

«Hamster Kombat» o‘yinini inson psixologiyasiga ta’siri qanday? qonuniymi

Shahnoza Saidova, psixolog

-«Hamster Kombat»ni nafaqat bolalar qolaversa katta yoshdagi insonlar psixologiyasiga ham ta’sirini salbiy baholayman. Bu o‘yin orqali kelajakda pul olinadigan bo‘lgan tag‘dirda dankasalar ko‘payadi, insoniyat o‘ylashhdan, harakatdan to‘xtaydi. Oson pul topish jamiyatni rivojlanishiga ta’sir qiladi, ya’ni insoniyat rivojlanmay, tobe bo‘lib «Manqurt»ga aylanib qoladi

«Hamster Kombat» o‘yini qonuniymi? Ushbu o‘yin orqali real pul yoki boshqa qimmatli mukofotlarni olish mumkinmi?

Xo‘sh, bunday o‘yin hisob birliklarini qonuniy ravishda xarid qilishlari yoki sotishlari mumkinmi, O‘zbekistonda «Play-to-earn» tamoyili bo‘yicha tashkil etilgan o‘yinlar faoliyati qonuniymi, «Hamster Kombat» o‘yinida to‘plangan hisob birliklari kripto-aktiv sanaladimi? Mazkur o‘yin haqida ma’lumot to‘plash jarayonida, uni huquqiy jihati bilan bog‘liq savollarga Istiqbolli loyihalar milliy agentligi rasmiy sayti orqali ma’lumot oldik.

Play-to-earn – o‘yin orqali real pul yoki boshqa qimmatli mukofotlarni olish mumkin o‘yin turi hisoblanadi.Ammo «Hamster Kombat» o‘yini mazkur toifadagi o‘yinlar qatoriga kirmaydi, chunki o‘yinda to‘plangan tangalar (hisob birliklari) utilitar kripto-aktivlardan farqli o‘laroq, ta’minlanmagan va real foyda keltirmaydi.

«Hamster Kombat» o‘yinida to‘plangan hisob birliklari kripto-aktiv sanaladimi?

O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga ko‘ra kripto-aktiv bu – ma’lumotlarning taqsimlangan reyestri (blokcheyn) dagi raqamli yozuvlar yig‘indisi bo‘lgan, qiymati va egasiga ega mulkiy huquq.

«Hamster Kombat» o‘yinida to‘plangan hisob birliklari yuqoridagi ta’rifga mos kelmaydi va blokcheynga ega emas. Shunga ko‘ra, mazkur birliklar kripto-aktiv emas. Biroq, kelajakda «Hamster Kombat»dagi tangalar blokcheynga o‘tishi va shu bilan kripto-aktivga aylanishi mumkinligi inkor etilmaydi.

Keyinchalik, kripto-aktivni tarqatish maqsadida u kripto-platformalarda listingdan o‘tkazilishi mumkin. Biroq, bunday kripto-aktivlar aks hollarda foydali funksionallikning yo‘qligi sababli ro‘yxatga olinganidan keyin qisqa vaqt ichida qadrsizlanadi.

«Hamster Kombat» o‘yinida to‘plangan hisob birliklarini ular kripto-platformalarda ro‘yxatga olinganidan keyin sotish qonuniy bo‘ladimi?

«Hamster Kombat» o‘yinida to‘plangan hisob birliklari kripto-aktiv deb tan olinsa, ularni faqat kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi milliy xizmat ko‘rsatuvchi provayderlar orqali xarid qilish yoki sotish mumkin bo‘ladi. Bunda ular kripto-birja kotirovkalash varag‘i yoki kripto-do‘konning savdo savatiga kiritilgan bo‘lishi zarur. Hamster Kombat o‘yinidan tangalarni chiqarish imkoniyati vujudga kelsa ham faqatgina O‘zbekistonda Istiqbolli loyihalar milliy agentligidan litsenziyaga ega xizmat provayderlari – kripto-birja yoki kripto-do‘konlar orqaligini ularning savdosini amalga oshirish qonuniy bo‘ladi.

«Hamster Kombat» o‘yini qachon qonuniy joriy etiladi?

Yuqoridagi ma’lumotlardan xulosa qilish mumkinki, «Hamster Kombat» o‘yinining hisob birliklari blokcheynga ega bo‘lmagunicha, ularning aylanmasini tartibga solish Agentlik vakolatiga kirmaydi, o‘yin dadi tangalar hozirda kripto-aktiv hisoblanmaydi va hozirda Istiqbollli loyihalar milliy agentligi ushbu o‘yinni tafrtibga solish vakolatiga kirmaydi.

Qachonki, Hamster Kombat o‘yini tangalar birjalarda listing qilingandan so‘ng, Hamster Kombat o‘yinidan tangalarni yechish imkoniyati vujudga kelib, savdosi boshlansa ularga kripto-aktiv maqomi beriladi va agentlik ushbu sohani tartibga solishi kerak bo‘ladi. Hamster Kombat kabi o‘yinlardagi tangalar savdosi boshlansa, O‘zbekistonda litsenziyaga ega UZNEX birjasida sotish yoki sotib olish yoki O‘zbekistonda hozirda litsenziyaga ega 10-ta kripto-do‘konlar (agarda ular Hamster Kombat tokenini qabul qilsa) orqali kripto-aktivlar savdosini amalga oshirish qonuniy hisoblanadi. Yo‘qsa, fuqarolar O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks 155-4-moddasi «Kripto-aktivlar sohasida qonunchilikni buzish» modda sanksiyasi orqali javobgarlikka tortilishi mumkin.

Aziz talaba, yuqoridagilar «Hamster Kombat» o‘yinining haqiqatlari edi. To‘g‘ri siz ehtimol bu haqida yetarlicha ma’lumotga ega bo‘lmaganligingiz sababli o‘yinashga ulgurgandirsiz? Ammo unitmang!

Pul topishning oson yo‘liga uchib, qaytmas yoshligingizni, qimmatli vaqtingizni,  zoye ketkazayotganingiz haqida tafakkur qilish payti kelmadimi? Xulosa o‘zingizdan