Fanlar majmuasi qayta tasdiqlandi

2024/2025-o‘quv yili uchun bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va ularga mos test sinovi (kasbiy (ijodiy) imtihon) topshiriladigan fanlar majmuasiga tegishli oʻzgartirishlar kiritilgan holda qayta tasdiqlandi. Bunga, Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligi: «Taʼlim yoʻnalishlari nomi oʻzgarganda, shuningdek, yangi yoʻnalishlar tashkil etilganda mos ravishda fanlar majmuasiga tegishli oʻzgartirishlar kiritiladi» deya izoh qoldirgan.

5-iyundan boshlangan qabulda faqat fanlar majmuasi tanlanyapti xolos. Bunday vaziyatda ko‘plab abituriyentlardan «men falon fanlarni tanlasam, bu kelgusida qaysi yo‘nalishlarga to‘g‘ri keladi?» degan savollar kelib tushmoqda. Buni bilish uchun joriy yilgi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va ularga mos test sinovi (kasbiy (ijodiy) imtihon) topshiriladigan fanlar majmuasi bilan tanishib chiqing: file:///C:/Users/Admin/Downloads/Telegram%20Desktop/Fanlar%20majmuasi-2024.pdf.

Abiturituriyentlarga fanlar va yo‘nalish tanlashda e’tiborliroq bo‘lishlarini so‘rab qolamiz. Chunki, har yili yurtimiz bo‘ylab minglab yoshlar fani to‘g‘ri kelsa bo‘ladi deb boshqa yo‘nalish tanlash oqibatida o‘qishga qabul qilinadi, ammo oliy ta’lim muassasasiga kirgandan keyin xato qilishganini bilishadi va ayrimlari o‘qishni davom ettirishadi, yana boshqalari bo‘lsa o‘qishni tashlab ketishadi. Bunday holatlar sizda va oliy ta’limga hujjat topshirayotgan tanishlaringizda kuzatilmasiligi uchun ularni ham ogohlantirib qo‘ysangiz bo‘ladi.

Bu yildan boshlab, sirtqi shakldagi qabul tugatilgani uchun ushbu yo‘nalishlarga qabul to‘xtatilgan. 2023-2024 o‘quv yilidan boshlab pedagogik kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalarida sirtqi ta’lim shakliga qabul amalga oshirilmayotgan yo‘nalishlar ro‘yxati e’lon qilindi.

«E’tibor qiling, ushbu yo‘nalishlarda ham davlat, ham xususiy oliygohlarda qabul to‘xtatilgan. Qaysidir xususiy oliygohda bor ekan deb, adashib qolmang. Diplom olish vaqti muammo bo‘lishi mumkin» deya ogohlantiradi Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligi.