Endi telegramingizdan sizni qaysi davlat organi surishtirganini bilishingiz mumkin

Bugun dunyo miqyosida Telegramning asosiy foydalanuvchilari nafaqat Rossiyada keng tarqalgan balki, uni mamlakatimizda ham asosiy messenjer deya olamiz. Bu platforma nafaqat shaxsiy muloqotlar, qolaversa, korxonalar va tashkilotlarda keng qo‘llaniladi. Ko‘plab davlat tashkilotlari va media nashrlari Telegram kanallari orqali o‘z axborotlarini tarqatishadi. Asosiy foydalanuvchilari qatoriga esa albatta talaba-yoshlar kiradi.

Nega telegram keng ommalashdi?

Xavfsizlik, maxfiylik va tezkorlikka Telegram messenjeriga 2013-yilda rossiyalik tadbirkor, dasturchi Pavel Valerevich Durov tomonidan asos solindi. U hukumat nazorati va senzuraga qarshi qat’iy pozitsiyada turib, o‘zining platformalarida foydalanuvchilarning ma’lumotlarini himoya qilishga harakat qiladi. Telegram xavfsizlik, maxfiylik va tezkorlikka alohida e’tibor qaratadigan messenjer sifatida tanilgan. Pavel Durov Rossiyadan chiqib ketgan va turli mamlakatlarda yashagan. U ko‘pincha turli davlatlarda vaqt o‘tkazadi va o‘zining biznesini xalqaro darajada olib boradi.

Ishonchliligi sabab Platforma bugungi kunga kelib dunyoning eng mashhur messenjerlaridan biriga aylana oldi va milliardlab foydalanuvchilarga ega.

U foydalanuvchilarning xabarlarini shifrlaydi, bu esa ma’lumotlarning maxfiyligini ta’minlaydi. 

Telegram funksiyalari yanada kengaymoqda

So‘nggi paytlarda telegram platforma yanada takomillashib, funksiyalari ortib bormoqda. Yangi kiritilgan funksiyaga ko‘ra endi davlat idoralari ularning akkauntlari haqida ma’lumot so‘ragan yoki so‘ramaganligini bilib olishi mumkin bo‘ladi.

Telegram asoschisi Pavel Durov foydalanuvchilarga shaxsiy hayotlari aslida qay darajada maxfiyligini nazorat qilish imkonini taqdim etadi.

 @transparency boti orqali har kim davlat organlaridan o‘z ma’lumotlariga nisbatan tekshiruv so‘rovi bo‘lgan-bo‘lmaganligini aniqlashi mumkin. Buning uchun botga kirib, “Ishga tushirish” tugmasini bosish va quyida chiqqan tugmani tanlash yetarli – kimdir sizning Telegramingizni tekshirib ko‘rgisi kelganini bilib olasiz.

Durov bot orqali profilingizga kirishga uringan insonlar haqida barcha ma’lumotlarni birdan ochiqlashga va’da bermaydi. Lekin yo‘qdan ko‘ra, deganlaridek, foydalanuvchilar xavfsizligi uchun qadam tashlanmoqda.

Telegram yanada xavfsizmi?

Ha Telegram oshkoralik sari intilayotgani aniq – agar davlat idoralari ma’lumot so‘rasa, Telegram nafaqat unga qarshilik ko‘rsatadi, balki endi bu harakatlarni foydalanuvchilar uchun ochiqlaydi.

Shunisi e’tiborga loyiqki, bu qadam butun dunyo bo‘ylab foydalanuvchilar shaxsiy ma’lumotlariga hukumat aralashuvi bilan bog‘liq ko‘plab janjallardan so‘ng e’lon qilingan.

Messenjer @transparency boti faqat birinchi qadam ekanligini aytmoqda. Kelgusida imkoniyatlarni kengaytirish, jumladan, davlat organlari tomonidan har qanday so‘rov bo‘lsa, foydalanuvchilarga real vaqt rejimida xabar berish rejalashtirilgan. Bu shunchaki qo‘shimcha funksiya emas, balki global miqyosda shaxsiy hayot huquqlarini himoya qilishda muhim vositadir.