Dunyodagi eng birinchi tashkil etilgan oliygoh haqida bilasizmi?

Oliy ta’lim muassasalarining paydo bo‘lish tarixi, rivojlanishi barchaga, xususan talaba-yoshlarga qiziq. Mavzuni o‘rganar ekanmiz, tarixiy yozma manbalar, faktlar va dunyo miqyosidagi nashrlardagi ma’lumotlarni to‘pladik, maqola tarzida bayon etyapmiz.

Oliygohlarning paydo bo‘lishi tarixi

Oliy ta’lim muassasalari insoniyat tarixida muhim rol o‘ynagan va jamiyatning rivojlanishida katta ta’sir ko‘rsatgan. Oliygohlarning paydo bo‘lishi, rivojlanishi va ularning ta’lim sifati masalasi dunyo miqyosidagi tadqiqotchilar, ta’limshunoslar va siyosatchilar uchun doimiy qiziqish uyg‘otib kelgan.

Bu tarix ildizlari antik davrga borib taqaladi.

Tarixdagi birinchi universitet sifatida 970 yilda Misrning Qohira shahrida ochilgan Al-Azhar universiteti e’tirof etiladi.(https://www.bl.uk/the-middle-ages/articles/the-medieval-university)Vaqt o‘tishi bilan universitetlar nafaqat Yevropada, balki butun dunyoda tarqala boshladi. Yozuvchi Walter Rüyeggning: ”The History of the University in Europe” nomli asarida  Uyg‘onish davri  universitetlarning rivojlanishi va ta’lim sifatining oshishiga katta hissa qo‘shgani haqida ma’lumotlar uchraydi. Yozilishicha, ilmiy tadqiqotlarga e’tibor kuchaydi va universitetlar ilmiy bilimlarni ishlab chiqarish va tarqatish markaziga aylandi. XX asrda oliy ta’lim yanada kengaydi. Oliy ta’limga bo‘lgan talab o‘sdi va ko‘plab yangi universitetlar tashkil etildi. Fan va texnologiyaning tez rivojlanishi universitetlarning o‘quv dasturlariga ham ta’sir qildi. 

O‘quv dasturlari qanday bo‘lgan?

Oliygohlarning o‘quv dasturlari tarix davomida sezilarli o‘zgarishlarga uchragan. O‘rta asrlarda o‘quv dasturlari asosan diniy va falsafiy ta’limga qaratilgan edi. Uyg‘onish davrida klassik adabiyot, san’at va gumanitar fanlarga e’tibor kuchaydi. XIX asrdan boshlab fan, texnologiya, muhandislik va matematika kabi sohalar o‘quv dasturlarida muhim o‘rin egallay boshladi.

Bugungi kunda oliy ta’lim muassasalari turli sohalar bo‘yicha keng ko‘lamli o‘quv dasturlarini taklif qiladi. O‘quv dasturlari jamiyatning ehtiyojlariga va ilmiy rivojlanish darajasiga mos ravishda doimiy ravishda takomillashtirilib boriladi.

Dunyodagi ilk oliygoh Bolonya yoki  Al-Azhar universitetimi?

Universitetlar dastlab Yevropada 11 asrda ochila boshlagan. Biroq ilk universitetning vatani Yevropa emas. Tarixdagi birinchi universitet sifatida 970 yilda Misrning Qohira shahrida ochilgan Al-Azhar universiteti e’tirof etiladi. Yevropa universitetlari monastr maktablaridan ajralib chiqqan va taraqqiy etishi juda uzoq muddat davom etgan, shuning uchun ham ularning ilk rivojlanish davri qachon ekanini aniq belgilab bo‘lmaydi. Ko‘pchilik birinchi Yevropa universiteti sifatida Italiyadagi Boloniya universitetini biladi. Bu ta’lim muassasasi 10-asrning oxirida ochilgan, biroq ungacha ham huquq maktabi sifatida 890 yildan beri mavjud bo‘lgan. Demak ilk oliygoh Al-Azhar Universiteti: Dunyodagi eng qadimgi universitetlardan biri:

Al-Azhar universiteti 970-yilda Misrning Qohira shahrida tashkil topgan. U dastlab masjid sifatida faoliyat boshlagan va keyinchalik islom ilmlari, fiqh, arab tili, hadis va tafsir kabi sohalarda ta’lim beruvchi markazga aylangan.

Al-Azhar universiteti

 Al-Azhar universiteti 1000 yildan ziyod tarixga ega bo‘lib, uzoq vaqt davomida islom olamining eng nufuzli ta’lim markazlaridan biri bo‘lib kelgan. Dastlab islom ilmlari bo‘yicha ta’lim berishga ixtisoslashgan bo‘lsa-da, keyinchalik u o‘quv dasturlarini boshqa sohalar bilan ham boyitgan  Al-Azhar dastlab masjid sifatida faoliyat boshlagan va bu uning ta’lim uslubiga ham ta’sir ko‘rsatgan. Ta’lim masjid hududida, ochiq muhitda olib borilgan.

Al-Azhar universiteti bugungi kunda ham islom olamida nufuzli ta’lim maskani hisoblanadi. U nafaqat islom ilmlarini, balki tibbiyot, muhandislik va boshqa sohalarda ham ta’lim beradi. Universitet dunyoning turli mamlakatlaridan kelgan talabalarni qabul qiladi va xalqaro miqyosda ham o‘z nufuzini saqlab kelmoqda.

Yevropada eng qadimgi universitet Bolonya universiteti

Italiyaning Bolonya shahrida joylashgan, dunyodagi eng qadimgi universitetlardan biridir. U Yevropa o‘rta asrlarida universitetlarning paydo bo‘lishi va rivojlanishida muhim rol o‘ynagan. 

Universitet 1088-yilda tashkil topgan. Dastlab, huquqshunoslik maktabi sifatida paydo bo‘lgan universitet o‘rta asrlarda Yevropaning asosiy ilmiy va ta’lim markazlaridan biriga aylangan. 

Uning tashkil topishida huquqshunoslar va talabalarning o‘zaro hamkorligi muhim rol o‘ynagan. Universitet o‘z boshqaruvida mustaqil bo‘lishga intilgan va talabalarning o‘qituvchilarni tanlash huquqi bo‘lgan.

O‘quv dasturlari:

Bolonya universitetining o‘quv dasturlari dastlab huquqshunoslikka ixtisoslashgan bo‘lsa, keyinchalik boshqa sohalar, jumladan, tibbiyot, falsafa, san’at va boshqa yo‘nalishlar ham qo‘shilgan. Universitetda magistr va doktorlik darajalarini olish mumkin edi va o‘quv jarayoni asosan lotin tilida olib borilgan. Bolonya universitetida  talabalar o‘z boshqaruv organlariga ega bo‘lgan va o‘qituvchilarni tanlash huquqiga ega bo‘lgan. O‘rta asrlarda talabalar hayoti va madaniyati ham o‘ziga xos edi. Universitet ilmiy izlanishlar va yangiliklarni qo‘llab-quvvatlashda muhim rol o‘ynagan.

Bolonya universiteti o‘rta asrlardagi universitet ta’lim tizimining shakllanishida katta rol o‘ynagan. Uning tuzilishi, o‘quv dasturlari va o‘qitish uslublari boshqa Yevropa universitetlari uchun namuna bo‘lgan. Universitet nafaqat huquqshunoslik, balki tibbiyot va boshqa sohalar bo‘yicha ham yetakchi ta’lim markaziga aylangan.

Bolonya universitetida qo‘llanilgan ta’lim uslublari va o‘quv jarayoni talabalarning faol ishtirokiga asoslangan edi. Bu talabalarga o‘z fikrlarini erkin ifoda etish va o‘qitish jarayoniga ta’sir qilish imkonini berardi. 

Bolonya universiteti bugungi kunda ham o‘z faoliyatini davom ettirmoqda va dunyoning eng nufuzli universitetlaridan biri hisoblanadi. U turli sohalarda ta’lim berish, ilmiy tadqiqotlar olib borish va jamiyatga xizmat qilishda davom etmoqda. Universitetning boy tarixi, an’analari va ilmiy yutuqlari uni butun dunyo bo‘ylab talabalar va olimlar uchun o‘quv va tadqiqot markaziga aylantirgan.

Xulosa: 

Oliy ta’lim muassasalari uzoq va shonli tarixga ega. Ularning paydo bo‘lishi, rivojlanishi va ta’lim sifati masalalari jamiyat taraqqiyoti uchun muhim ahamiyatga ega. Bugungi kunda oliy ta’lim muassasalari nafaqat bilim berish, balki ilmiy tadqiqotlar olib borish, innovatsiyalarni yaratish va jamiyatga xizmat qilish vazifalarini ham bajarmoqda. Oliy ta’lim muassasalarining ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan harakatlar kelajak avlodlarning ta’lim olish va rivojlanish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.