Ko‘pchilik abituriyentlik paytida talabalikni boshqacha tasavvur qiladi. Ayniqsa,o‘qishga endi kirgan vaqtlari «yettinchi osmon» da uchib yurganida universitet «sehrli qasr» emasligiga amin bo‘lishadi. Bu yerda kimdir sizning miyangizga bilim sharsharasini quyib qo‘ymaydi yoki jon kuydirib, «o‘qi, o‘qi» deb boshingizda turmaydi.
Hammasini kelajagingiz uchun o‘zingiz qilasiz. O‘qituvchilar esa sizga to‘g‘ri yo‘nalish beradi va asosiy bilim-ko‘nikmalarni o‘rgatishadi. Mas’uliyatni his qilgan holda, asosiy vazifani siz qilishingiz ya’ni- o‘qituvchi bergan mavzudan ko‘proq ma’lumotlar izlashingiz, tahlil qilishingiz va yangi bilimlarni o‘rganishingiz zarur.
Diplom olganingizdan keyin sizni kutib turgan eng katta narsa-ish topish va ishga joylashish. Ha, aslida eng murakkab jarayon ham shundan boshlanadi. Ayrimlar o‘ylaydiki, diplom bo‘lsa bo‘ldi,-xohlagan ishimga kira olaman deb. Bu juda xato fikr. Chunki, sizda tajriba 0. Sizda faqat nazariy bilim bor. Bu bilimlarni esa amaliyotda-real hayotda hali sinab ko‘rmagansiz yoki qo‘llanmagansiz.
Xo‘sh,unda nima qilish kerak?
Talabalar darsdan bo‘sh vaqtlarida, ko‘proq kitob o‘qisa, volontyorlik ishlarida qatnashsa va kompyuter ko‘nikmalarini o‘rgansa,kuchsiz tomonlarini rivojlantirsa, o‘z usida ishlasa, bu albatta,ish beruvchilarda yaxshi taassurot qoldiradi.
Xolis tavsiya: 1-2-kursingizda nazariy bilimlarni chuqur o‘rganib, o‘qib-izlanib, 3-kursdan boshlab-o‘z sohangizga to‘g‘ri keladigan kompaniyalarga amaliyot qilishga boring. Balki, 3 oy, balki 6 oy oyliksiz ishlarsiz. Ammo, siz eng muhim narsa-katta tajriba va ko‘nikmaga ega bo‘lasiz. Qarabsiz-ki, 4-kursingizni bitirayotganingizda sizda faqatgina hamma qatori oddiy diplom emas, tajriba va ajoyib CV ham mavjud bo‘ladi! Bunday kishilarni esa ish beruvchilar o‘zlari izlashadi va yaxshi ishlarga taklif qilishadi.
Kimdir 1 yil o‘qishga kira olmasa, go‘yo hayotda hamma narsasini yo‘qotgandek umidsizlik va tushkunlikka tushib qoladi. Kimdir esa, ikkinchi diplomi bo‘la turib ham tayinli ishga kira olmaydi. Yana kimdir esa, «o‘qiydi-yu» , ammo uqmaydi. Universitet nafaqat oliy ta’lim, balki kuchli networking imkoniyatini ham taqdim etadi. Ya’ni, kursdosh yoki universitetingizda o‘qiydigan talabalar ichida bilimli,faol,intiluvchan insonlar bo‘lsa, aynan ular bilan do‘stlashishga, mustahkam aloqalar o‘rnatishga harakat qilishingiz foydadan holi emas. Balki,ular orasida kelajakdagi gigant kompaniya va brend egalari yoki kelajak milliarderlari bordir.
Balki, sizda kuchli qobiliyat bo‘lsa oliy ta’lim diplomisiz ham katta biznesmen bo‘lib ketish yoki yirik kompaniyalarni boshqarishingiz ham mumkindir. Lekin, bu hamma ham shu natijaga erisha oladi degani emas. Aytishadi-ku,99 % foiz tinimsiz mehnat, harakat. Atiga 1 % esa iste’dod deb.
Universitet diplomi milliardlab odamlarning siri ekanligi haqida hech o‘ylab ko‘rganmisiz? Mana, katta boylik sari murakkab yo‘llarni bosib o‘tgan odamlarning ta’lim sayohatlari.
Ilon Musk
Tesla Motors bosh direktori Ilon Mask Kanadadagi Qirolicha universitetiga (Queen’s University) o‘qishga kirgan, ammo keyinchalik Pensilvaniya universitetida biznes va fizika bo‘yicha ilmiy daraja olish uchun AQSHga ko‘chib o‘tadi. Shunday qilib, tadbirkorlik va texnologiya olamidan xabardor bo‘lishi mumkin bo‘lgan joyda uning istagi amalga oshdi. Uning chuqurroq bilim olishga intilishi uni Kaliforniyadagi Stenford universitetiga energiya fizikasi bo‘yicha doktoranturaga olib keldi. Biroq, Stenfordda atigi ikki kun bo‘lganidan so‘ng, u tadbirkorlik faoliyatini davom ettirishga qaror qildi va universitetni tark etdi. Mask bu dasturni hech qachon tugatmagan bo‘lsa-da, bu ta’lim darajasi uning texnologiya va biznes bilan bog‘liq bo‘lgan inqilobiy g‘oyalarini shakllantirgan.
Jeff Bezos
Amazon asoschisi va ijrochi raisi Jeff Bezos Prinston universitetini tamomlagan va u yerda elektrotexnika va kompyuter fanlari bo‘yicha ilmiy darajalarni qo‘lga kiritgan. Uning Prinstondagi faoliyati uning kelajagini shakllantirishda muhim rol o‘ynadi, chunki uning ushbu sohalarda olgan bilimlari texnologiya va elektron tijorat sohasidagi innovasion faoliyati uchun asos yaratdi. Muhandislik va kompyuter fanlari sohasida kuchli poydevorga ega bo‘lgan Bezos chakana savdo sohasida inqilob qilish uchun texnik tajribani istiqbolli fikrlash bilan birlashtirdi. U Amazonga asos solgan, bugungi kunda u global kuchdir.
Mark Sukerberg
Mark Sukerberg dastlab Garvard universitetiga psixologiya va kompyuter fanini o‘rganish uchun bordi. Biroq, atigi ikki yil o‘tgach, u universitetni tashlab, o‘z maqsadlariga erishish uchun tadbirkorlik faoliyatini boshladi. Facyebookga e’tibor qaratish uchun ko‘p vaqtini onlayn foydalanuvchilar o‘rtasidagi ulanish yo‘nalishini o‘zgartiradigan ijtimoiy media platformasini ishlab chiqishga sarflash unga har qanday universitetdan ko‘ra muhimroq edi. Garvard universitetini tamomlamagan bo‘lsa-da, o‘qishni tashlab ketgani aql bovar qilmaydigan sayohatning boshlanishi bo‘lib, uni texnologiya olamidagi eng nufuzli shaxslardan biriga va dunyodagi eng boy shaxslardan biriga aylantirdi.
Larri Peyj
Google kompaniyasi asoschilaridan biri Larri Peyj Michigan universitetining kompyuter muhandisligi bo‘yicha bakalavr darajasini tamomlagan. Michiganda o‘qiyotganda, u kompyuter fanlari bo‘yicha kuchli bilimga ega bo‘lib, oxir-oqibat u qidiruv tizimi texnologiyasiga qiziqdi. Keyinchalik Peyj Stenford universitetida kompyuter fanlari bo‘yicha doktoranturada o‘qishni davom ettirdi va u yerda Sergey Brin bilan tanishdi. Ular birgalikda tadqiqot loyihasi ustida ishladilar va natijada loyiha Googlega aylandi. Peyj Googleni rivojlantirishga e’tibor qaratish uchun doktorantura dasturini tark etdi, ammo uning ilmiy darajasi dunyodagi eng muvaffaqiyatli texnologiya kompaniyalaridan birini yaratishga olib kelgan innovatsion yondashuvni shakllantirishda hal qiluvchi rol o‘ynadi.
Sergey Brin
Sergey Brin Merilend universitetining matematika va informatika bo‘yicha bakalavr darajasini a’lo baholar bilan tamomlagan. Keyinchalik u Stenford universitetida kompyuter fanlari bo‘yicha magistrlik darajasini oldi. O‘sha paytda u Milliy Fan Jamg‘armasi bitiruvchilari stipendiyasiga sazovor bo‘ldi, bu mukofot texnologiya sohasida yangi iste’dodlar bo‘lib yetishish imkoniyatini tan oladi. Bu yerda Larri Peyj uning hayotiga kirdi. Sergey Brin va Larry Peyj hamkorligi boshlandi. Bu texnologiya sanoatining o‘zini o‘zgartirib, uni dunyodagi yetakchi qidiruv tizimi bo‘lgan Google ortidagi odamga aylantirdi.
Stiv Balmer
Stiv Balmer 1977 yilda Garvard universitetini tamomlab, amaliy matematika va iqtisodiyot bo‘yicha bakalavr darajasini oldi. Keyinchalik u Stenford Oliy biznes maktabida o‘qidi va 1980 yilda MBA darajasini tugatdi. Amaliy matematika, iqtisodiyot va biznes bo‘yicha akademik bilimi uning Microsoft dagi professional hayotiga yo‘l ochdi. 1980 yilda kompaniyaga qo‘shilganidan so‘ng, u Bill Geyts bilan juda yaqin bo‘ldi, oxir-oqibat 2000-2014 yillarda bosh direktor lavozimini egalladi va kompaniyani o‘sish orqali boshqarib, uni dunyodagi eng qimmat texnologiya kompaniyalaridan biriga aylantirdi.
Jensen Huang
NVIDIA asoschisi va bosh direktori Jensen Huang zo‘r taassurot qoldiradigan akademik ma’lumotlarga ega. U Oregon shtati universitetida elektrotexnika bo‘yicha bakalavr darajasini oldi. Keyinchalik u Stenford universitetida elektrotexnika bo‘yicha magistrlik darajasini oldi. Xuangning elektrotexnika sohasidagi ta’limi uning texnologiya va yarimoʻtkazgich sanoatidagi kelajakdagi karyerasiga asos soldi. 1993 yilda u NVIDIA kompaniyasiga asos solgan va sun’iy intellekt texnologiyasida yetakchiga aylangan.
Xulosa qilib aytganda, diplom va ta’lim nafaqat nazariy bilimlar, balki amaliy tajriba va shaxsiy rivojlanishning muhim qismidir. Talabalar o‘z bilimlarini kengaytirish, ko‘nikmalarini rivojlantirish va real hayotda sinab ko‘rish uchun amaliyotlar o‘tkazishlari zarur. Oliy ta’lim nafaqat bilim, balki kuchli aloqalar o‘rnatish imkoniyatini ham taqdim etadi, bu esa kelajakdagi muvaffaqiyatga yordam beradi. Dunyo milliarderlari, masalan, Elon Musk, Jeff Bezos va Mark Zuckerberg kabi shaxslar, o‘z ta’lim yo‘llarini shaxsiy maqsadlari bilan uyg‘unlashtirib, o‘z karyeralarini yaratganlar. Shunday qilib, ta’lim nafaqat bilim olish, balki kelajakdagi imkoniyatlar va muvaffaqiyatlar uchun mustahkam poydevor yaratadi.
Gulbanu Abatbayeva