Dars tayyorlash uchun eng qulay vaqt

Talabalar va abituriyentlar uchun dars tayyorlash hayotining ajralmas qismi sanaladi. Abituriyentlar oliy taʼlim ostonasiga qadam qoʻyish va talabalik baxtiga erishish uchun oʻqib-oʻrganishsa, talabalar boʻlsa qoʻshimcha til kurslari yoki boshqa zamonaviy kasblarni oʻrganish niyatida taʼlim olishadi. Baʼzi odamlar uchun ertalab oʻqish uchun yaxshi boʻlsa, boshqalar uchun kechki yoki tungi vaqt oʻqishga va diqqatni jamlashga yordam beradi.

Inson organizmining biologik soati mavjud boʻlib u yoshligimizdan miyamizga oʻrnatilgan ichki soat, aslida oʻqish uchun eng yaxshi vaqtni aniqlashga yordam beradi. Yaʼni fan shuni koʻrsatadiki, miya oʻzlashtirish rejimida boʻlganida, dars tayyorlash yoki nimanidir oʻrganish ertalab soat 10:00 dan 14:00 gacha va 16:00 dan 22:00 gacha samaraliroq boʻladi. Eng samarasi kam oʻrganish vaqtlari boʻlsa ertalab soat 4 dan 7 oraligʻigacha boʻladi. Umuman olganda, oʻqish yoki dars qilish uchun belgilangan qatʼi vaqt boʻlmasa ham ertalab dars tayyorlashning boshqa vaqtlarga nisbatan afzalliklarini koʻrib chiqamiz.

Ertalabki oʻqish

Koʻpchilik ertalabni oʻrganish uchun eng yaxshi vaqt deb oʻylaydi, chunki bizning miyamiz ertalab tetiklantiruvchi uyqu va nonushtadan keyin yanada faollashadi. Mavjud tabiiy yorugʻlik ham koʻzlaringiz uchun yaxshi va sizni hushyor qiladi. Bu davr yangi nazariyani oʻrganish va yaxshi eslab qolish qobiliyatini beradi.

Peshindan keyingi oʻqish

Kuning ikkinchi yarmida inson miyasi yangi maʼlumotlarni avvalgi bilgani bilan uygʻunlashtirishning ayni payti hisoblanadi. Kunning bu vaqtida talabalar kommunikatsiya orqali oʻrganilgan maʼlumotlarni yanada mazmunli qilishlari mumkin.

Ertalab va tushdan keyin dars tayyorlash yaxshiroq samara beradi chunki agar siz darsdan qolib ketsangiz, qayta oʻzlashtirib olish uchun kutubxona yoki bookcafelarga tashrif buyurishingiz mumkin.

Kechasi oʻqish

Ayrim talabalar kunning oxirida koʻproq energiyaga ega boʻlishadi. Shuning uchun kechqurun yoki tunda ularning oʻqish va oʻrganishi osonroq boʻladi. Kechki payt oʻqish diqqatni jamlash va ijodkorlikni yaxshilashga yordam beradi, chunki chalgʻituvchi va eʼtiborni tortuvchi narsalar kamroq boʻladi. Oʻqishdan keyingi uxlash ham maʼlumotni mustahkamlaydi va eslab qolish qobiliyatini yaxshilaydi.

Baʼzi tadqiqotlar shuni koʻrsatadiki, inson charchagan paytda oʻqish miyaning chet tilida gapirish kabi yangi koʻnikmalarning yuqori konsentratsiyasini saqlab qolishga yordam beradi.

Oʻqish uchun eng yaxshi vaqtni qanday topish mumkin?

Siz quyidagi omillarni hisobga olsangiz, oʻqish uchun kunning eng yaxshi vaqtini topishingiz mumkin.

Birinchidan, qachon koʻproq hushyor boʻlasiz? Buni oʻylab koʻring. Misol uchun, ertalab siz vizual xotirani yaxshilashingiz mumkin, ammo tanqidiy fikrlash qobiliyatingiz tushdan keyin kuchliroq boʻladi. Ikkinchidan, agar sizning boʻsh vaqtingizni buzadigan boshqa vaziyatlar sodir boʻladigan boʻlsa, unda hammasi samarasiz boʻladi.

Har bir talabaning oʻziga xos taʼlim uslubi boʻlgani kabi, har xil talabalar kunning turli vaqtlarida yaxshiroq oʻrganishlari mumkin. Ammo siz har kuni bir xil vaqtda oʻqiydigan boʻlsangiz, ongingizni va tanangizni asta-sekin yangi muhitga tayyorlashingiz va taʼlim olish uchun shay holatga keltirasiz. Oʻzingiz uchun nima foydali ekanligini bilganingizdan soʻng, oʻqishni oʻylagningizdan ham koʻproq samarali qilishingiz mumkin.