“Daraxtni tepsang universitet yog‘iladi” Nega ko‘pchilik xususiy universitetlarni tanqid qiladi?

Ta’limning erta kechi bo‘lmaganidek, ta’lim olish uchun ham hech qachon kech bo‘lmaydi. Faqatgina arziydigan oliygohni tanlasangiz shuning o‘zi kifoya qiladi. Buning uchun avvalo, tanlagan oliy ta’lim muassasangizning faoliyati, yo‘nalishlari hamda eng muhimi ishonchliligiga e’tibor qaratishingiz zarur. Ayni paytda, yurtimizda davlat oliygohlari bilan bir qatorda xususiy oliy ta’lim muassasalari ham ko‘paydi. Xo‘sh, pulga kuyib qolmaslik uchun xususiy universitetlarni nimasiga qarab tanlash kerak? Litsenziyasi bor va diplomi 100 foiz O‘zbekistonda o‘tadimi? shu va boshqa savollarga maqola orqali javob topa olasiz.   

Xususiy oliy ta’lim muassasasini nimasiga qarab tanlash kerak?

Birinchi navbatda, siz oliygohning litsenziyasi haqiqiyligiga ishonch hosil qilishingiz uchun tekshirib chiqishingiz kerak. Buning uchun, O‘zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligining https://license.gov.uz/ saytidan yoki Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligining https://edu.uz/uz saytidan litsenziyasi bor xususiy oliygohlar ro‘yxatini ko‘rib chiqishingiz zarur.

Yurtimizdagi nodavlat oliy ta’lim muassasalari soni qancha?

Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirliging https://stat.edu.uz/ rasmiy saytida keltirilganidek, bugungi kunga kelib respublikamiz hududida 78 ta nodavlat oliy ta’lim muassasalari mavjud. Ushbu oliygohlar ichiga ham xorijiy, ham xususiy OTMlar kiradi.

Xususiy oliygohlarning litsenziyasi haqiqiyligini qayerdan tekshirish mumkin?

Buning uchun siz topshirmoqchi bo‘lgan xususiy universitet yoki institutiningiz ma’muriyatidan  tegishli tartibda davlat ro‘yxatiga olinganligi haqidagi litsenziyani ko‘rsatishini so‘raysiz. Litsenziyaning elektron variantini O‘zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligining https://license.gov.uz/ saytiga kirib tekshirasiz.

Saytga kirib, uning ichidan Ta’lim va Sport yo‘nalishini tanlaysiz va unga kirasiz,

Shundan so‘ng, ekarandagilardan ta’lim bo‘limini tanlaysiz va kirasiz. Nodavlat oliy ta’lim tashkilotlarini litsenziyalash bo‘limiga kirib litsenziya ma’lmumotlarining haqiqiyligini aniqlay olasiz. 

Ekranda ko‘rsatilganidek, ma’lumotlarni ko‘rganingizdan keyin sizga berilgan litsenziyadagi ma’lumotlarni quyidagi jadvalga kiritasiz.

Agarda litsenziyaning barcha ma’lumotlarini yozib ko‘rasiz undan keyin tasdiqlovchi havolaga bossangiz, uning holati haqidagi barcha ma’lumotlar kelib chiqadi. Amal qilish muddati bo‘limiga e’tiborli bo‘lishingiz kerak, negaki muddati o‘tgan yoki to‘xtatilgan holatlar ham kuzatilishi mumkin.

Qisqacha qilib aytganda, siz davlat oliygohlarigami yoki qolgan barcha nodavlat oliy ta’lim  muassasalarida o‘qish niyatida bo‘lsangiz, eng avvalo o‘z kelajagingiz va sarflaydigan  vaqtingiz uchun ham to‘g‘ri qarorni qabul qilishingiz kerak.