Kim insho yozadi?
ChatGPT
Uyga vazifalarni kim bajaradi?
ChatGPT
Kim tushunmagan dars mavzusini sharhlab beradi?
Albatta ChatGPT!
Talabalardan bu kabi ko‘plab savollarga javob ayni shunday bo‘lishini bugun har kim tabiiy qabul qiladi, zamon talabi shu, IT rivojlangan davrda yashamoqdamiz deymiz.
Hatto, bitiruvda “diplomni talabaga emas, ChatGPTga berish kerak” degan hazilomuz gaplar ham yuradi.
Ammo yosh avlod sun’iy intellektga bu qadar tobe bo’lib qolishi, har bir masalada undan fikr so’rashi oqibati kelajakda insoniyatni fikrlashdan to’xtatishiga olib kelishini unutmaslik kerak. Yana bir jihat, ChatGPT Kaliforniyada yaratilgan, biroq bugun Kaliforniyaliklar undan ko’p foydalanishmaydi. Boston Consulting Group tomonidan to‘plangan ma’lumotlarga ko‘ra, Kaliforniyaliklar AQSh xizmatning eng samarali foydalanuvchisi emas.
Qaysi davlatda ChatGPT-dan eng ko’p foydalanadi?
Ma’lumotlar shuni ko‘rsatdiki, o’tgan yili Hindiston ChatGPT-dan eng ko‘p foydalanuvchi bo‘lib, respondentlarning 45 foizi sun’iy intellekt xizmatidan foydalanganliklarini aytishgan.
Marokash ro‘yxatda ikkinchi o‘rinni egalladi, respondentlarning 38 foizi bir xil javobni bergan. Uchinchi o‘rinni Birlashgan Arab Amirliklari egalladi — 34 foiz.
ChatGPT-dan foydalanish darajasi eng yuqori bo‘lgan mamlakatlarda, xususan , Hindiston, Birlashgan Arab Amirliklari, Indoneziya va Xitoyda muhim IT-sanoat mavjud.
O‘zbekistonda Chat GPT qanday foydalanmoqda?
ChatGPT neyron tarmog‘i 2023-yil boshidan O‘zbekistondan foydalanuvchilarni ro‘yxatdan o‘tkazishga ruxsat berdi.
ChatGPT sun’iy intellektdan foydalangan holda so‘rovlarga javoban matnli materiallar: maqolalar, insholar, hazillar va hatto oddiy programma kodini yozishi mumkin.
Bu neyron tarmoq 2022-yil oxirida paydo bo‘lgan. Fevral oyida OpenAI ilovasi ishga tushirilgandan keyin ikki oy ichida uni 100 million foydalanuvchilar qo‘llay boshladi. Natijada OpenAI tarixdagi eng tez rivojlanayotgan ilovaga aylandi.
Dissertatsiya yoki ilmiy ish yozish uchun sun’iy ong yetarli emas!
ChatGPT ko‘pincha ma’lumot qidirish uchun ishlatiladi. Misol uchun, googlega so‘rov kiritish orqali foydalanuvchi dolzarbligiga qarab ko‘plab manbalarni ko‘rib chiqishi mumkin. ChatGPT-dan foydalanish natijasida esa foydalanuvchi o‘zi uchun so‘roviga mos eng to‘g‘ri va yaxlit ma’lumotlarni olishi mumkin. Ya’ni, neyron tarmoq foydalanuvchiga taqdim etilgan ma’lumotni bir saytdan ikkinchisiga o‘tish orqali shaxsan izlashdan ko‘ra bitta joydan barcha ma’lumotni olish imkonini beradi.
Javob – berilgan savolning to‘g‘riligiga, ya’ni sun’iy intellektga berilgan texnik topshiriq va terilgan so‘zlar ketma-ketligiga bog‘liq.
Chat kurs yoki dissertatsiya yozish uchun yetarli emas albatta. Haligacha dissertatsiya yoki ilmiy ish yozish uchun sun’iy ong yetarli kuch va imkoniyatlarga ega emas. Bunday matnlar uchun muayyan fanni chuqur tahlil qilish talab etiladi
ChatGPT nafaqat oddiy matn yozishda, balki keng ko’lamli marketing vazifalarni rejalashtirish va boshqa sohalarda foydali bo’lishi mumkin. Bunday yechimlar veb-sayt egalari va internet do’kon egalari uchun o’ta qulay bo’lishi mumkin. Masalan:
Chat GPT mijozlarga xizmat ko’rsatish jarayonini avtomatlashtirish uchun ishlatilishi mumkin. Mijozlarning savollariga real vaqtda tezkor javob berish uchun uni veb-saytingiz yoki messenjeringizdagi chatbotga qo’shishingiz mumkin.
Chat GPT talabaga yordamchi, xolos!
Agar saytingizga maqolalar, bloglar yoki mahsulot tavsiflari kabi katta hajmdagi matnli materiallar yaratish kerak bo’lsa, Chat GPT vosita sifatida yordam beradi. Biroq bu hamma vazifani sun’iy ong o’zi bajaradi degani emas. Natijalarni o’zingiz diqqat bilan tahrirlashingiz kerak, chunki GPT ba’zan noto’g’ri yoki sifatsiz javoblar berishi mumkin.
Chat GPT biznes qarorlarini qabul qilishda foydali yordamchi bo’lishi mumkin. U ma’lumotlarni tahlil qilish, hisob-kitoblarni amalga oshirish yoki natijalarni bashorat qilish uchun ishlatilishi mumkin. Masalan, biznes rejangizni ishlab chiqish uchun qimmatli tushunchalarga ega bo’lish uchun mumkin bo’lgan marketing strategiyalarini modellashtirishingiz yoki raqobat muhitini baholashingiz mumkin.
Dasturchilar kod yaratish jarayonida Chat GPT-dan foydalanish samarali bo’lishi mumkinligini ta’kidladilar. Biroq, murakkab muammolarni hal qilish uchun chatbotga to’liq ishonish hali tavsiya etilmaydi. Kodlash chatbotning xususiyatlaridan biridir, lekin uning asosiy vazifasi emas. Tajribali dasturchilar bilan solishtirganda, Chat GPT albatta yutqazadi. Chatni qo’llash ko’pincha dasturchining vaqtini qisqartirish va uni ma’lum ma’lumotlarni tahlil qilish zaruratidan xalos qilish uchun oddiy jarayonlarni avtomatlashtirishga yordam beradi.
ChatGPTning kamchiliklari
Chat GPT javoblarining aniqligiga qaramay, u hali ham jonli operator yoki menejerni to‘liq o‘rnini bosa olmaydi. Chatbot savolga javob berishga qodir, lekin u hali mijozni haqiqiy odam kabi tushuna olmaydi.
Oddiy matematik misollarni Chat GPT muvaffaqiyatli bajara olsa-da, murakkab hisob-kitoblarda xatolarga yo’l qo’yishi mumkin. Shuning uchun siz kodlash yoki buxgalteriya hisobi uchun chatbotdan to’liq foydalana olmaysiz. Hisob-kitoblarning to’g’riligini tekshiradigan shaxsning roli muhimligicha qolmoqda.
Chat GPT ehtiyotkorlik bilan ishlatilishi kerak bo‘lgan vosita ekanligini unutmaslik kerak. Kontent yaratishda yoki qaror qabul qilishda har doim natijalarni tekshiring va o‘zingizning professional tajribangiz va bilimingizga tayanishingiz kerakligi yodingizda bo’lsin.
Xulosa qilib aytganda, agar qayerda qo‘llashni bilsangiz Chat GPT biznesingiz samaradorligini oshirishga yordam beradigan samarali yordamchi. Ammo undan dissertatsiyangiz va ilmiy ishingizni, maqola-yu essayingizni yozishda foydalanish katta xato. Olimlar Chat GPT biznes qarorlarini qabul qilishda foydali yordamchi ya’ni ma’lumotlarni tahlil qilish, hisob-kitoblarni amalga oshirish yoki natijalarni bashorat qilish uchun ishlatish mumkinligini aytishmoqda. Yakuniy xulosani esa inson aqli qilishi muhim. Tajribali dasturchilar bilan solishtirganda, Chat GPT albatta yutqazadi.