So‘nggi vaqtlarda sun’iy intellekt vositalarining ta’lim sohasida keng qo‘llanilishi tobora dolzarb mavzuga aylanib bormoqda. Ayniqsa, talaba va o‘quvchilarning insho referat va boshqa topshiriqlarni o‘zlari yozmasdan, AI yordamida yozishi ko‘plab bahs-munozaralarga sabab bo‘lmoqda. Shu sababli, AI tomonidan yozilgan matnlarni aniqlash masalasi tobora dolzarb bo‘lib bormoqda.
Talabalar orasida ChatGPT’dan foydalanish darajasi
Global miqyosda: 2024-yilda Digital Education Council tomonidan o‘tkazilgan so‘rovga ko‘ra, 3,839 nafar bakalavr, magistr va doktorant talabalarining 86% i sun’iy intellekt vositalaridan, jumladan chatbotdan, o‘qish jarayonida foydalanayotganini bildirgan. Birgina AQShda: Pew Research Center tomonidan 2024-yilda o‘tkazilgan tadqiqotga ko‘ra, 13–17 yoshdagi o‘quvchilarning 26% i ChatGPT’dan maktab topshiriqlarini bajarishda foydalanmoqda. Intelligent.com tomonidan 2024-yilda o‘tkazilgan so‘rovga ko‘ra, 588 nafar kollej talabalarining 37% i hozirda ChatGPT’dan foydalanmoqda
2024-yilda ChatGPT O‘zbekistondagi eng ko‘p tashrif buyuriladigan veb-saytlar orasida to‘rtinchi o‘rinni egalladi. Platformaga yil davomida 42,73 million tashrif buyurgan. Foydalanuvchilarning asosiy qismi esa talabalardir
O‘zbekistonda talabalar ChatGPT’dan qanday foydalanmoqda?
“Avlod Media” tomonidan O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarida o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalariga ko‘ra, talabalarning 87 foizi ChatGPT’dan foydalanadi. Bu juda yuqori ko‘rsatkich bo‘lib, sun’iy intellekt vositasining ta’lim jarayonida tez ommalashayotganidan dalolat beradi.
Foydalanuvchilar quyidagi maqsadlarda foydalanadi
Foydalanish ulushi (ChatGPT foydalanuvchilari ichida)
Ma’lumot qidirish 60%
Grammatikani tekshirish 20%
Qisqacha bayon qilish 15%
Parafraz qilish 5%
Endi u ko‘chirganlaringizni fosh etadi
OpenAI tomonidan yaratilgan ChatGPT sun’iy intellekti yaqinda yangi — ammo hozircha rasmiy e’lon qilinmagan — funksiyani joriy etdi. Rumi nomli kompaniya mutaxassislarining aniqlashicha, ChatGPT o‘z javoblariga yashirin Unicode belgilarini qo‘shmoqda. Bu belgilar oddiy ko‘z bilan ko‘rinmaydi, biroq maxsus matn tahrirlovchi dasturlarda, masalan Sublime Text’da yoki onlayn vositalarda aniqlanishi mumkin.
Bu belgilar ayniqsa uzun, akademik yoki inshoga o‘xshash matnlarga ko‘proq aniqlik kiritadi.
Faqat ingliz tilidami?
Ayni paytda bu yashirin belgilash funksiyasi faqat ingliz tilida yozilgan javoblar uchun faollashtirilgan. Bu esa, ehtimol, texnik cheklovlar yoki dastlabki sinov bosqichi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.
OpenAI hozircha bu yangilik haqida rasmiy hech qanday bayonot bermagan. Rumi vakillarining taxminicha, bu ataylab shunday qilinmoqda: foydalanuvchilar ko‘p bilib qolsa, bunday suv belgilarni olib tashlashga urinishi mumkin (zero, ular oddiy matn tahrirlovchilarda osonlik bilan o‘chiriladi). Shuning uchun bu funksiyani joriy qilish yashirin va ehtiyotkorlik bilan olib borilmoqda.
Vaqtincha chora yoki yangi yo‘nalish?
Rumi ekspertlari buni OpenAI tomonidan vaqtinchalik choralar deb hisoblaydi. Chunki bu kabi yashirin belgilar bilan kurashish unchalik mushkul emas. Ehtimol, kelajakda bu uslubdan voz kechiladi — xuddi ilgari AI yozgan matnlarni aniqlash uchun yaratilgan, ammo past aniqlikdagi servisning hech qanday ogohlantirishsiz yopilgani kabi.
Yashirin belgilar — bu sun’iy intellekt matnlarini aniqlash yo‘lidagi yangi qadam bo‘lishi mumkin. Ammo hozircha bu yondashuv o‘zini qanday oqlashi noma’lum.
Vaqtincha chora yoki yangi yo‘nalish?
Rumi ekspertlari buni OpenAI tomonidan vaqtinchalik choralar deb hisoblaydi. Chunki bu kabi yashirin belgilar bilan kurashish unchalik mushkul emas. Ehtimol, kelajakda bu uslubdan voz kechiladi — xuddi ilgari AI yozgan matnlarni aniqlash uchun yaratilgan, ammo past aniqlikdagi servisning hech qanday ogohlantirishsiz yopilgani kabi.
Xulosa
Bugunda— har 10 talabadan 9 tasi ChatGPTI foydalanadi. Ulardan atigi 15–17% i aniq ta’limiy vazifalarda (ma’lumot izlash, grammatikani tekshirish, hujjatlarni bayon qilish) foydalanayotganini aytgan.
Bu esa talabalar katta qismining ChatGPT’dan turli, ba’zan ko‘rsatilmagan yoki shaxsiy maqsadlarda foydalanayotganini anglatadi. Yangi funksiya esa yoshlar orasida — texnologiyalarni qanday ishlatishni, ulardan samarali va halol foyda olish ko‘nikmasini shakllantirishga muhim turtki bo‘lsa ajab emas.