Butunjahon yoshlar festivali ilk bora O‘zbekistonda o‘tkaziladi!

Yurtimizda birinchi marotaba 30-iyun «Yoshlar kuni» munosabati bilan Butunjahon yoshlar festivali 26-30-iyun kunlari 150 ta davlat yoshlariga o‘zaro fikr va tajriba almashish imkonini yaratadi. Bu haqida Yoshlar ishlari agentligi xabar berdi.

Festival taʼlim, innovatsiya, IT, biznes, media, madaniyat, sanʼat, sport kabi yo‘nalishlarda nufuzli spikerlar bilan bo‘lib o‘tadigan eng qiziqarli loyihalarni taqdim etadi.

Festival Samarqand, Buxoro, Xorazm, Toshkent viloyatlari va Toshkent shahrida bir vaqtda o‘tkaziladi. Bugun quyidagi shaharlardagi festival dasturining asosiy tadbirlar ro‘yxati e’lon qilindi. Keling ular bilan batafsil tanishamiz:

Samarqand viloyati

  • Butunjahon yoshlar festivali ochilish marosimi;
  • TOP 500 talikka kirgan universitetlar ishtirokida «Ta’lim va kasb ko‘rgazmasi»;
  • Islom hamkorlik tashkiloti Yoshlar forumi;
  • Qo‘shilmaslik harakati Yoshlar sammiti

Buxoro viloyati

  • Markaziy Osiyo yoshlar forumi va «Markaziy Osiyo yoshlarining kun tartibi – 2030» dasturini ishlab chiqish bo‘yicha BMT huzuridagi ishchi guruhining I yig‘ilishi;
  • I O‘zbekiston – Koreya yoshlar forumi va Janubiy Koreya va Markaziy Osiyo yosh liderlar forumi;
  • Markaziy va Janubiy Osiyo mamlakatlarining Yoshlar Kengashini tuzish bo‘yicha I ekspertlar yig‘ilishi

Toshkent viloyati

  • I O‘zbekiston – Yaponiya yoshlar forumi;
  • BMTning «Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha hadli konvensiyasi» doirasida Yoshlar konferensiyasi;
  • Shanxay hamkorlik tashkiloti Yosh tadbirkorlar forumi

Xorazm viloyati

  • Turkiy davlatlar tashkiloti Yosh liderlar forumi;
  • O‘zbekiston – Hindiston yoshlar forumi;
  • Markaziy Osiyo – Xitoy yosh iqtidorlar forumi

Toshkent shahri

  • MDHga a’zo mamlakatlar Yoshlar parlamentlari yig‘ilishi;
  • MDHga a’zo mamlakatlar Yosh tadbirkorlari ishtirokida «Biznes marafon»;
  • MDHga a’zo mamlakatlar yoshlari o‘rtasida «Yosh kitobxon» tanlovi;
  • MDHga a’zo mamlakatlar yoshlari o‘rtasida Shaxmat turniri;
  • O‘zbekistonda Turkiy dunyo kreativ yoshlar markazi ochilish marosimi;
  • Xalqaro «Quvnoqlar do‘stlik Kubogi» bellashuvi

Festivalda ishtirok eting va «Yoshlar kuni»da unutilmas xotiralar, yangi do‘stlar, ajoyib g‘oyalarga ega bo‘ling.