Har yili 5 dekabr butun dunyo iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish uchun Xalqaro volontyorlar kunini nishonlash uchun yig‘iladi. Bu kun Birlashgan millatlar tashkiloti (BMT) tomonidan ta’sis etilgan bo‘lib, volontyorlarning iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotga qo‘shgan bebaho hissalarini nishonlash uchun imkoniyat yaratadi. Bu volontyorlarning fidokorona sa’y-harakatlari va ularning adolatli, farovon dunyoni shakllantirishdagi rolini e’tirof etish kunidir.
Tarixi va ahamiyati
Iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish uchun xalqaro volontyorlar kuni, 1985-yilda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi tomonidan rasman tasdiqlangan. Bu kun volantyorlar va hamkor tashkilotlarning hissalarini olqishlash uchun global platforma bo‘lib xizmat qiladi.
Aynan bugun, butun dunyo bo‘ylab volontyorlar safi kengayayotgan bir paytda yurtimizda ham ularning safi kengayib bormoqda. Yaqqol misol, 2020-yilda O‘zbekiston volontyorlar assotsiatsiyasi tashkil qilinishi va hozirda jami 61 ming nafar yoshni qamrab olib, 99 ta volontyorlik guruhlarning faoliyat ko‘rsatib kelayotganidir. Volontyorlarning jamiyatga bergan yordamlaridan biri sifatida zarur vaqtda beminnat xizmat qila olishini alohida e’tirof etish kerak. Yaqin besh yil ichida volontyorlarning ko‘pchilik qismini yoshlar tashkil etayotgani ham tahsinga loyiqdir.
“Ziyo forum” ilm-fan va ta’lim tarbiyani rivojlantirish xalqaro fondi tomonidan ham bir qancha volontyorlik loyihalari amalga oshirilgan bo‘lib, xususan 2020-yil Covid 19 virusi davomida fondning bir guruh volontyorlardan iborat jamoasi Toshkent shahar yuqumli kasalliklar shifoxonasida fodokorona mehnat qilib, qo‘ldan kelgancha yordam ko‘rsatgan.
Bundan tashqari, fond tomonidan “Youth center” nomli proyekt mavjud uning ichida Volontyorlik guruhi ham mavjud bo‘lib unga 843 nafar yosh talaba va maktab o‘quvchilari a’zo bo‘lgan. Ular uchun har xil masshtabdagi tadbirlar, davra suhbatlari hamda turli o‘yinlar vaqti-vaqti bilan o‘tkazilib boradi.
Yoshlar markazlarida tashkil etilgan “Volontyorlar maktabi”da 10,2 ming nafar yosh volontyor o‘qitildi. Ushbu volontyorlar tomonidan 50 mingdan ortiq ijtimoiy himoyaga muhtoj, nogironligi bo‘lgan va kam ta’minlangan hamda yolg‘iz qariyalari mavjud oilalarga ijtimoiy loyihalar orqali ko‘maklashildi. Mehr va sahovat, insoniylik kabi tuyg‘ularning yo‘qlib ketmasligi va har qanday davlat va jamiyatning taraqqiyoti yo‘lida beminnat yordam qo‘lini cho‘zgan volontyorlarni bayrami bilan chin yurakdan muborakbod etamiz!