Bu yil 186 871 nafar yoshlarga talabalik nasib etdi

Talabalik baxti.

Talabalik baxti. Bu hayotimizning shunday yoqimli damlariki, el-yurt, ota-ona, qarindosh-urug‘, do‘stu dushman oldida yuzimizning yorug‘ bo‘lishi, ertangi kunga ishonchni ortishi bilan bog‘liq jarayonlardir. Bu baxt hammaga ham nasib etavermaydi. Kimdir omad bilan, kimdir bilimi bilan bu baxtga muyassar bo‘ladi.

2024/2025 o‘quv yili uchun o‘tkazilgan imtihon natijalari bo‘yicha 186 871 nafar abituriyent bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga talabalikka tavsiya etildi. Ularning 41 153 nafari davlat granti, 145 718 nafari esa to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilingan. Talabalikka tavsiya etilganlarning 120 845 ming nafarini joriy yil bitiruvchilari tashkil etgan.

Kunduzgi ta’lim shakli uchun davlat grantiga 39 903 nafar, to‘lov-kontraktga 84 132 nafar abituriyent qabul qilingan. Sirtqi ta’lim shakliga – grantga (imtiyozli) 1 046 nafar, to‘lov-kontraktga 48 555 nafar abituriyent tavsiya etilgan. Kechki ta’lim shakliga – davlat granti asosida (imtiyozli) 153 nafar, to‘lov-kontrakt asosida 8 455 nafar; masofaviy ta’lim shakliga – davlat granti asosida (imtiyozli) 51 nafar, to‘lov-kontrakt asosida 4 576 nafar abituriyent talabalikka tavsiya etilgan.

Shuningdek, talabalikka tavsiya etilganlarning 14 230 nafari imtiyozli qabul parametrlari doirasida qabul qilingan. Shundan davlat granti 10 494 nafar, to‘lov-kontrakti 3 736 nafar abituriyentga beriladigan bo‘lgan.

Bu yilgi imtihonlarda davlat granti asosida o‘rtacha o‘tish balli – 121,7, to‘lov-kontrakt asosida o‘rtacha o‘tish balli – 94,7 ni tashkil qilgan.

Bundan tashqari, oliy va professional ta’lim muassasalariga kirish test sinovlari bir vaqtda o‘tkazilgan. Yangi tartibga ko‘ra, professional ta’lim muassasalariga tanlov OTMlarning tanlov natijalari e’lon qilingandan so‘ng o‘tkaziladi. Shunga ko‘ra, testda ishtirok etgan abituriyentlar 18-27 avgust oralig‘ida my.uzbmb.uz saytida professional ta’lim muassasasi (kollej yoki texnikum), kasb, mutaxassislik va ta’lim shaklini tanlashi kerak.2024/2025-o‘quv yili uchun o‘tkazilgan imtihon natijalariga ko‘ra, 186 871 nafar abituriyent bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga talabalikka tavsiya etildi.

Shundan 41 153 nafari davlat granti asosida, 145 718 nafari to‘lov-kontrakt asosida qabul qilingan. O‘z navbatida kunduzgi ta’lim shakliga grant qo‘lga kiritgan talabalar 39 903 nafarni, to‘lov-kontraktdagilar esa 84 132 nafarni tashkil etdi.

Bundan tashqari, sirtqi ta’lim shakliga:

– davlat granti asosida (imtiyozli) -1 046 nafar; – to‘lov-kontrakt asosida — 48 555 nafar.

Kechki ta’lim shakliga:

– davlat granti asosida (imtiyozli) — 153 nafar; – to‘lov-kontrakt asosida — 8 455 nafar.

Masofaviy ta’lim shakliga:

– davlat granti asosida (imtiyozli) -51 nafar; – to‘lov-kontrakt asosida -4 576 nafar.

Shuningdek, talabalikka tavsiya etilganlarning 14 230 nafarini imtiyozli qabul parametrlari doirasida qabul qilinganlar tashkil etadi. Shundan 10 494 nafari grant, 3 736 nafari to‘lov-kontrakt asosida tavsiya etilgan.

Yakuniy natijalarga ko‘ra, grant asosida o‘rtacha o‘tish bali 121,7 balni, kontrakt asosida o‘rtacha o‘tish bali 94,7 ni tashkil etdi.

Talabalikka tavsiya etilganlarning 120 845 ming nafarini joriy yil bitiruvchilari tashkil etadi.

Talabalik sari ilk qadam imtihon jarayonidir. Eng yomoni, hujjat topshirib, testga qatnashmaganlarning soni ham talaygina. Joriy yilda 65 ming 243 nafar abituriyent testga kelmagan, 94 nafar abituriyent esa testdan chetlashtirilgan

O‘qishga kirish qiyinmi?

Imtihonlarda olgan ball bilan to‘g‘ri yo‘nalishni tanlash juda muhim ahamiyat kasb etdi. Tahlillarga ko‘ra, joriy yilda 60 ball bilan 1500 ga yaqin yo‘nalishga kontraktga kirsa bo‘lar edi, agarda yo‘nalish noto‘g‘ri tanlanmagan bo‘lsa.

Davlat granti misolida ko‘radigan bo‘lsak, 100 ball olgan abituriyentlar 1 ming 532 ta yo‘nalishga grantga kira olgan. Bu umumiy yo‘nalishlarning 36% ini tashkil qiladi. Joriy yilda 70 ball bilan 570 ta (13,4%) yo‘nalishga davlat grantiga kirish mumkin bo‘ldi. 150 ball olganlar esa 70 foiz grantga kirdi, deyish mumkin. Agarda, to‘g‘ri yo‘nalish tanlay olgan bo‘lsa

Kontraktda esa kirish ballari ancha past. Masalan, atigi 80 ball bilan kunduzgi ta’limning 56 foiz yo‘nalishiga, sirtqida 72%, kechkida 60%, masofaviyda esa 96% yo‘nalishga kontraktga o‘qishga kirsa bo‘ladi. Bor-yo‘g‘i 80 ball to‘plasa yetadi. Yoki 60 ball bilan barcha ta’lim shakllarini qo‘shganda 1 ming 466 ta yo‘nalishga kontraktga kirish mumkin edi.

100 ball to‘plasangiz-ku, kontraktga kirish ehtimolingiz juda yuqori bo‘lgan. Masalan, kunduzgida 2 ming 286 ta (71%), sirtqida 1 ming 274 ta (87%) yo‘nalishga o‘tish ballari 100 dan past bo‘lgan. Albatta, bu umumlashtirilgan natijalar. Ayrim talabgir yo‘nalishlarda kirish ballari yuqori bo‘lgan. Lekin unaqalar soni juda kam bo‘lgan.

Umumiy holat shuni ko‘rsatmoqdaki, o‘qishga kirish juda oson, faqat to‘g‘ri yo‘nalish tanlay olishga ham ko‘p narsa bog‘liq. Boshqacha aytganda, yoki orzu qilingan o‘ta nufuzli yo‘nalishga kirish uchun yetarli darajada o‘qish kerak, yoki to‘plangan ballga yarasha yo‘nalish tanlash kerak bo‘ldi.

“Avlod media” talaba bo‘lgan abituriyentlarga o‘qishlarida omad tilaydi