Har yili millionlab talabalar sog‘lom turmush tarziga amal qilmaganlik tufayli, turli kasalliklarga uchrashadi. Dunyo bo‘ylab, bu ko‘rsatkich ko‘tarilsa ko‘tariladi-yu, ammo pasaymayapti. 2023-yil iyul oyida AQSh sog‘liqni saqlash bo‘yicha mutaxassislar guruhi 40 yoshdan 99 yoshgacha bo‘lgan 700 mingdan ortiq odamni qamrab olgan tadqiqot natijalarini taqdim etdi. Tadqiqotchilar, 2011-2019 yillar davomida o‘tkazilgan so‘rovnomalar ma’lumotlari va tibbiy yozuvlarni tahlil qilib, o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligini bir necha yilga uzaytirishi mumkin bo‘lgan odatlarni aniqladilar.
Agar siz uzoq umr ko‘rishni istasangiz, quyidagi 8 ta omilga qattiq e’tibor berishingiz kerak:
- Jismoniy faol bo‘ling;
- Yaxshi ijtimoiy munosabatlarni saqlang;
- Uyqu gigienasiga rioya qiling;
- Spirtli ichimliklarni iste’mol qilmang;
- Balansli ovqatlaning;
- Chekmang;
- Stress darajasini minimallashtiring;
- Giyohvand moddalarni iste’mol qilmang;
Tadqiqotga ko‘ra, 40 yoshga kelib, quyidagi sakkizta odatga rioya qilgan va qo‘llab-quvvatlagan ishtirokchilar, bajarmagan ishtirokchilarga nisbatan ancha uzoq umr ko‘rgan. Ayollarda umr ko‘rish davomiyligi deyarli 21 yilga, erkaklarda esa 24 yilga oshdi. Bundan tashqari, turmush tarzida sakkizta odatga amal qilganlar, qolganlarga nisbatan o‘lim darajasi 13 foizga past bo‘lgan.
Bu qoidalarga amal qilsangiz, nafaqat hayotingiz balki tanangizning salomatligiga ham ancha foyda keltiradi. Shunday ekan, turmush tarzingizni sog‘lom va rejali yo‘lga qo‘yish sizning kelajagingizga faqatgina plusga ishlaydi!