Bloger talabalardan 3 ta keys!
Bugun mobil internet rivojlangani sari butun dunyoda globallashuv jarayonlari yangi bosqichga ko‘tarilmoqda. 2023-yil boshidan to hozirgacha bo‘lgan davrda ijtimoiy tarmoqlardagi foydalanuvchilar soni 4,76 milliardga yetdi, bu ko‘rsatkich butun dunyo aholisining 60 foizdan sal kamrog‘ini tashkil qiladi. Foydalanuvchilarning katta qismini 14 yoshdan 35 yosh oralig‘idagi o‘smir va o‘rta yosh qatlami vakillarini tashkil etadi. Webcanape nashrining ma’lum qilishicha, dunyo bo‘ylab 57,8 %insonlar internet tarmog‘idan Ma’lumot topish maqsadida foydalanadi.
![](https://avlod.media/wp-content/uploads/2025/01/img_6517-1024x576.png)
Yurtimizdagi yoshlarning katta qismi jumladan, talabalar ham ijtimoiy tarmoqlar va mobil media platformalarda vaqtining katta qismini o‘tkazadi. Yaqin besh yil ichida o‘zbek yoshlari orasida ham raqobatdosh “Blogosfera” maydoni shakllanib ulgurdi. Instagram, telegram, youtube va boshqa katta platformalarda yoshlar uchun ilm-fan, madaniyat, sport kabi bir qancha sohalarni qamrab olgan media loyihalar yaratildi. Aksariyat loyihalarning asoschilarini hali 25-30 yoshga ham kirmagan blogerlar tashkil etadi. Ular orasida ham blog yuritib, ham oliy ta’limda o‘qiyotgan kerak bo‘lsa o‘z blogi orqasidan to‘lov-kontrakt pulini ham topayotganlari talaygina.
Ana shunday ilg‘or va kreativ bloger talabalar: O‘zbekiston Milliy Universiteti Jurnalistika fakulteti 4-bosqich talabasi, “Yuksalish” akademiyasi “Notiqlik mahorati” fani o‘qituvchisi hamda instagram ijtimoiy tarmog‘ida o‘z blogi orqali 50 mingga yaqin obunachiga ega Hasanov O‘lmas hamda Shahrisabz davlat Pedagogika Universiteti 4-bosqich talabasi, Respublika “Qizlar ovozi” klubi rahbari, “Kelajak qizlari” loyihasi muallifi, ta’lim sohasida o‘z blogiga ega Jo‘raqulova Marjona blog yuritishni boshlash niyatidagi talabalar uchun tavsiyalar va maslahatlarini berdi.
![](https://avlod.media/wp-content/uploads/2025/01/img_6518-edited.jpeg)
O‘lmas Hasanov O‘zbekiston Milliy Universiteti talabasi, bloger
“Dastlab, “Talaba bloger boʻlishi mumkinmi?” degan savolga javob berishdan boshlayman. Fikrimcha, blog yuritishni boshlash uchun yoshi, qaysi kasb egasi bo‘lishni ahamiyatsiz, u talabami, oʻqituvchimi, harbiymi farqi yo‘q hamma boshlasa bo‘ladi. Faqatgina aniq maqsad bo‘lishi kerak, shunchaki insonlarning vaqtini olish emas, o‘zining sohasi yoki hobbysi ichidan nimanidir topib o‘shani blog formatda yuritsa bo‘ladi. Shaxsan o‘zim blog yuritishdagi birinchi qadamimni yaxshi niyatdan boshlaganman. Eslayman blogim boshlanishida 256 ta obunachi, oddiy “Redmi” rusumli telefon va xira videolardan iborat bo‘lgan. Shundan so‘ng qisqa vaqtichida 10 ming obunachi keyin 20-30 ming hozirga kelib, 50 mingga yaqin auditoriyaga ko‘tarildim. Tajribamdan kelib chiqib ayta olamanki, ijtimoiy tarmoqlarni to‘g‘ri yuritish uchun hech qanday rejayoki strategiya mavjud emas, shuning uchun siz ming martalab qanaqadir plan qilganingiz bilan baribirodam bir marta xato qilib ko‘rmagunicha hech narsani bilmaydi. Bu borada mening tavsiyam, intizom bilan algoritmga rioya qilgan holda haftasiga 3 yoki 4 ta video joylab turilsa, mana shuning o‘zi yetarli bo‘ladi. Mening blogimni hozirgi holatga olib kelish uchun 9 oy vaqt ketdi. Shu vaqt mobaynida auditoriyam 50 mingta obunachiga yetdi. Men yosh talabalar uchun blog yuritishdagi eng nozik uchta keysni quyidagicha tushunaman:
1) O‘z sohasidan boshqasiga aralashmaslik;
2) Motivatsiyani tushirmaslik;
3) Ustoz topish va undan maslahat olish;
Fikrimcha, talaba blog yuritishni istasa birinchi bo‘lib o‘z sohasidan boshlashi kerak. O‘zi bilmaydigan va tushunmaydigan narsalardan blog yuritish bu katta xato bo‘ladi”
![](https://avlod.media/wp-content/uploads/2025/01/img_6519.jpeg)
Marjona Jo‘raqulova Shahrisabz davlat Pedagogika Universiteti talabasi, bloger
“Mening blogim hobbylarim va qiziqishlarim orqali paydo bo‘lgan. Telegramda 5 mingta, instagramda 10 mingta auditoriyani qamrab olgan yuritaman. Blogimning maqsadi, insonlarni muvaffaqiyatli bo‘lish undash, ularni bor imkoniyatidan foydalanishga ko‘maklashish, yoshlar uchun mavjud bo‘lgan imkoniyatlardan qanday qilib foydalanish kerak degan savolga javob beradigan formatda blog yuritaman. Menimcha, kreativ fikrlaydigan va yangi g‘oyalar qilishdan to‘xtamaydigan har qanday inson bloger bo‘lishi mumkin. Bunga birinchi qadam qo‘yish uchun nimani ko‘rsatishni va nimani aytmoqchiligingizni aniqlashtirib olishdan boshlanadi. Hozirgi kunda siz insonlarga fikr yoki takliflaringizni yetkazishingiz uchun ijtimoiy tarmoqlardagi birgina sahifaning o‘zi yetarli bo‘ladi. Blogni to‘g‘ri yuritish uchun har oy boshida kontent plan hamda alohida vaqt ajratish talab qilinadi. Mening blogimning bugungi holatga yetib kelgunicha 3, 4 yil vaqt ketgan. Chunki, men boshidan professional blog qilib faoliyat olib bormaganman shunchaki qiziqishlarim hamda hobbylarim orqali bugungi holatga kelganman. Biroq sezaman haligacha kamchiliklarim bor, ularning ustida ham alohida ishlashni maqsad qilganman. Talabalarning blog yuritishdagi eng nozik keyslariga menimcha:
1) Salbiy va ijobiy fikr bildirilganda manfaatlar to‘qnashuviga qadar olib bormaslik;
2) Har qanday xeytlarga qarshi immunitet hosil qilish;
3) Bosim va chegaralarga uchraganda doim oldinga harakat qilish
Aynan shu jihatlar talabalarning blog yuritishi uchun eng samarali yo‘llar deya bemalol ayta olamiz”
Xulosa o‘rnida shuni ayta olamizki, siz blog faoliyatingizni boshlash uchun talabamisiz yoki qaysi kasb egasi bo‘lishingizning farqi yo‘q, muhimi o‘zingizga bo‘lgan ishonch hamda motivatsiyani tushirmasligingiz, aniq maqsad bilan harakat qilishingizning o‘zi yetarli bo‘ladi.