Yaqin kunlarda, saytimizda “Axborotning fake yoki haqiqiyligi qanday aniqlash mumkin?”, “Ijtimoiy tarmoqlar fake axborotning katalizatorimi?” kabi axborot siyosatiga doir bir qancha maqolalar e’lon qilgan edik. Alohida aytish kerakki, bugun yoshlar zamonaviy axborot texnologiyalarisiz hayotining bir qismini ham tasavvur qila olmaganidek, kontentning sifati tugul ishonchlilik darajasini tekshirib ham o‘tirmay qabul qiladi.
Axborot sohasining eng nozik tomoni shundaki, har xil qabih niyatli kishilarning jinioyat sodir etishining eng oson yo‘li bu kibermakon bo‘lib qoldi. Afsuski, ularning hammasini ham nazorat qilib bo‘lmasdi. Qo‘lga olinglarining aksariyati faqatgina jarima bilan qutulib qolardi.
Kuni kecha “Axborot texnologiyalari yordamida sodir etiladigan jinoyatlarga qarshi kurashish faoliyatini yanada kuchaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi (PQ-153-son, 30.04.2025) qabul qildi.
Qarorga ko‘ra, Ichki ishlar vazirligi O‘zbekistonda kiberjinoyatlarga qarshi kurashish yo‘nalishida vakolatli organ etib belgilandi.
- O‘z kundalik faoliyatini tashkil etishda mijozlarining manfaati va moliyaviy xavfsizligini ta’minlash banklar, to‘lov tizimi operatorlari va to‘lov tashkilotlarining ustuvor vazifasi sifatida ko‘rsatildi;
- Shuningdek, kiberjinoyatni sodir etishda o‘z nomidagi bank kartasi, bank hisobraqami, SIM kartasi hamda elektron hamyonidan foydalanishga yo‘l qo‘ygan shaxslar uchun ma’mury va jinoiy javobgarlik belgilanadi;
- Banklar, to‘lov tizimi operatorlari hamda to‘lov tashkilotlarining axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlik talabalariga rioya etmaganligi natijasida sodir etilgan kiberjinoyat oqibatida kelib chiqqan moddiy zararni ular hisobidan undirish tartibi joriy etildi.
Jinoyat qonunchiligi bilan axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlar hamda pul mablag‘lari va boshqa mol-mulkni jalb etishga doir noqonuniy faoliyat uchun belgilangan jazo choralari kuchaytiriladi. Jinoyat sodir etishda axborot texnologiyalaridan foydalanish javobgarlik hamda jazoni og‘irlashtiruvchi holat sifatida belgilanadi. Shunday ekan endilikda, har qanday kiberjinoyatlarga qarshi javobgarlik va jazo choralari qattiq nazoratga olinadi. Aholini bunday jinoyatlardan ogohlantirish va oldini olish maqsadida endilikda har yilning noyabr oyi “Kibermadaniyatni yuksaltirish oyligi” deb e’lon qilinadi.
Qarorga ko‘ra, (https://t.me/huquqiyaxborot/17926) har oy yakuni bo‘yicha tizimida eng ko‘p kiberjinoyatlar qayd etilgan banklar va to‘lov tashkilotlari ommaga e’lon qilinadi. Markaziy bank tomonidan aholi pul mablag ‘larini jalb qilishga qaratilgan firibgarlik sxemalari (“moliyaviy piramida”) alomatlarini aniqlash hamda ular haqida huquqni muhofaza qiluvchi organlarga tezkor xabar berish tizimi yo‘lga qo‘yiladi.
Kiberjinoyatlarning shakllari va ularni sodir etish usullari to‘g‘risida ogohlantirish uchun internet va ijtimoiy tarmoqlardagi (target) reklama xizmatidan bepul foydalaniladi. Markaziy bank 2025 yil 1-sentyabrgacha quyidagi kechiktirib bo‘lmaydigan choralarni amalga oshiradi:
- Banklar, to‘lov tizimi operatorlari, to‘lov tashkilotlari hamda kredit byurolarining tranzaksiyalari va boshqa zaruriy ma’lumotlarni Markaziy bankning yagona platformasiga integratsiya qilish;
- Markaziy bankda markazlshgan antifrod tizimni hamda banklar, to‘lov tizimi operatorlari va to‘lov tashkilotlarining antiford tizimlarini joriy etishni yakuniga yetkazish.
Bu islohotlarning barchasi aholi o‘rtasidagi kibersavodxonlik madaniyatini oshirish va kiberjinoyatlarning oldini olish uchun eng yaxshi yechim hisoblanadi!