Yurtimizda talaba-yoshlar uchun mo‘ljallangan internet saytlari juda ko‘p. Ammo ular ichida, tezkor, aniq va ishonchli ma’lumotlarni taqdim eta oladigani sanoqli. “Avlod Media” ana shunday OAV bo‘lib, talabalar auditoriyasiga mo‘ljallangan. E’tiborli jihati ushbu loyiha – talabalar tomonidan yuritiladi va unda talaba-yoshlar hayoti va faoliyatiga oid, eng so‘nggi yangiliklar, voqea-hodisalar, berib boriladi. Studentlarni qiynayotgan muammolar yechimi, ularni murojaatlari loyihaning diqqat markazidagi mavzular sirasiga kiradi.
“Avlod media” bugun talabalar ichiga kirib bora oldimi?
“Ziyo Forum” ilm-fan ta’lim-tarbiyani rivojlantirish xalqaro fondi ta’lim-tarbiya va ilm-fan rivojiga ko‘maklashish, yoshlarni o‘z ilmiy maqsadlariga erishishda qo‘llab-quvvatlash va ilhomlantirishni maqsad qilgan.
“Ziyo Forum” jamg‘armasi 2019-yil oktabr oyida ta’lim sifatini oshirish, ilmiy ishlanmalarni amaliyotga joriy etish va mamlakatimizning yuqori malakali yosh kadrlar zaxirasini shakllantirish maqsadida tashkil etilgan.
“Avlod media” – “Ziyo Forum”ning yetakchi loyihalaridan biridir. Ushbu loyiha mamlakatimizdagi barcha talabalar uchun kontent tayyorlaydigan ommaviy axborot vositasidir. Unda eng so’nggi va qiziqarli yangiliklar, OTMlari sharhlari, turli maqolalar va qiziqarli podkastlar – ijtimoiy tarmoqlarda va loyihaning rasmiy sahifasida berib boriladi
“Avlod media” ham bir necha loyihalarni o‘z ichiga oladi.
1. “Avlod media” sayti talaba-yoshlar hayotiga oid voqeliklar tizimga oid ma’lumotlar haqida maqolalarni yoritib bormoqda. Eng asosiy jihati, sayt talabalar hayotini yoritishda nafaqat dolzarb masalalarni yoritish qolaversa, ularni muammolariga yechim topishga ham katta e’tibor qaratadi. Xususan, talabalarni turar joyi bilan bog‘liq muammolar, kirish imtihonlari, o‘qishdagi korrupsiya holatlari, transport, diplom vaqtida berilmasligi, stipendiya, talabalarni o‘qishdan chetlashtirish holatlari bilan bog‘liq muammolar aks etgan maqolalar o‘z yechimi bilan chop etildi. Bu orqali ko‘plab talabalarga amaliy, huquqiy va manaviy ko‘mak berishga erishildi.
Shu bois loyiha faoliyati ish boshlaganiga ko‘p bo‘lmagan bo‘lsada, “Avlod media” bugun studentlar ichiga kirib bora oldi deya olamiz.
Qolaversa, loyiha doimo O‘zbekistondagi va xorijdagi talabani eshitishga, uni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga tayyor!
2. “Avlod media“ telegram kanali— oliy ta’lim sferasidagi eng so’nggi yangiliklar, ma’lumotlar va talabalar hayotiga oid muhim voqea va hodisalarni yoritib boradi. Bugungi kunga kelib bu kanal mingdan ortiq foydalanuvchilariga ega.
3. Pro Univer – bu universitetlar faoliyati haqida hikoya qiluvchi loyiha. Har bir abituriyent universitetga kirishdan oldin, shu oliygohda qanday sharoitlar yaratilgani, unda qanday yo’nalishlar borligi, universitet muhitiga sho’ng’ish va, albatta, u yerda tahsil olayotgan talabalarning fikr-mulohazalarini eshitishni istaydi. Bu loyiha sizga ana shunday imkoniyatni taqdim etadi.
Avlod medianing eng ommalashgan va ko‘pchilik yoshlarni qiziqtirgan loyihalaridan biridir. YouTube sahifasiga tashrif buyurib, loyiha doirasida taqdim etilgan ko‘rsatuvlarni tomosha qilishingiz mumkin.
Qolaversa, Universitetlar uchun bu imkon qadar ko’proq abituriyentlarni jalb qilish uchun ajoyib imkoniyatdir!
4. Avlod Blitz – bu talabalarning bilimlarini tekshirish, ular o‘rtasida qiziqarli-savol javoblar o‘tkazish, yangi ma’lumotlarni taqdim etish uchun mo‘ljallangan kontent.
Unda yo‘l-yo‘lakay, har xil universitet talabalari ishtirok etib, boshlovchining qiziqarli savollariga – javob qaytarishlari mumkin.
5. Voxpop – bu talabalar orasida aktual bo’lgan mavzularda so’rovnoma o’tkazib, ularning fikrini bilish va ommaga ko’rsatish. Bu loyiha doirasida ham yuzlab mavzularda oliy ta’limga oid mavzularda so‘rovnomalar o‘tkazildi va ijtimoiy tarmoqlarga joylandi.
6. Talaba podcast – «Talabachilik» loyihasi – Xorijdagi OTM lari haqida bevosita ma’lumot olish imkoniyatini taqdim etadi. Unda dunyoning nufuzli universitetlarida tahsil olayotgan talabalar mehmon sifatida taklif qilinadi. Podcast davomida mehmon va boshlovchi chet eldagi ta’lim, nega aynan suhbatdosh o‘zi tahsil olayotgan universitetni tanlaganliklari, unga kirishdagi imtihon jarayonlari, suhbatlar va stipendiya dasturlari bo’yicha o‘zaro fikrlashiladi.
Bu orqali kuzatuvchi, vatandan tashqaridagi hayot, madaniy farqlar, muhitga moslashish va har kuni duch keladigan qiyinchiliklarni yengish haqida haqiqiy hikoyalarni tinglashi mumkin.
Xulosa o‘rnida aytish mumkinki, Ziyo forumning asosiy vazifalaridan biri, ilm-fanni rivojlantirish xususan, yagona talabalar axborot platformasini yaratish, shuningdek, xorijiy fuqarolarni mamlakatimizning oliy o’quv yurtlarida o’qishga jalb etishdir. Ayni yo‘nalishda doirasida bir qancha loyihalarni samarali yo‘lga qo‘ygan “Avlod media” – tez orada talabalar o‘rtasida yanada ommalashishiga ishonamiz. Ushbu OAVsi kerakli, dolzarb kontentlar bilan talaba-yoshlarning eng sevimli OAVga aylanishi shubhasiz!