Buxoro davlat universitetining intiluvchan va iqtidorli yoshlari
Ko‘pchilik: “Yoshlar kitob o‘qimaydi, talabalarning aniq maqsadi yo‘q, faqat o‘qishga kelib-ketib yurishadi”, — deydi. Lekin biz bu fikrdan butkul yiroqmiz. Talabalar bilan yaqindan tanishsangiz, ularning hayotini kuzatsangiz, fikringiz o‘zgarishi aniq. Bugungi qahramonlarimiz — Buxoro davlat universitetining intiluvchan va iqtidorli yoshlari. Keling, yaxshisi, gapni uzoq cho‘zmay ular bilan yaqindan tanishishni boshlaymiz! Bekzod Bafoyev Buxoro davlat universiteti […]
Yigitlar va qizlar haqida qiziqarli 50 ta fakt
Biz yigitlar va qizlar haqida bir xil vaziyatlar uchun 50 ta qiziqarli va antiqa faktni toʻpladik! Ushbu faktlarni toʻplashda ular oʻrtasidagi munosabatlarning psixologik tendensiyasini hisobga oldik. Oʻylaymizki, ushbu faktlar har bir yigit va qiz uchun, albatta, qiziz boʻladi. Yigitlar va qizlar haqida dastlabki 10 ta fakt 1. Yigitlar oʻzlarini qizlarga qaraganda aqlliroq deb oʻylashadi, qizlar […]
«So‘ngi qo‘ng‘iroq» yoxud bolalikka qaytgan talabalar
Qo‘ng‘iroq… Dars tugaganini anglatuvchi bu sado har gal bizni shod etardi. Qo‘ng‘iroq chalindi deguncha, uyga shoshardik… Ammo uning so‘nggisi ko‘zlarimizdan yum-yum yosh to‘kishini, qalbimizda og‘riq uyg‘otishini kim bilibdi deysiz?! Ilk muhabbat, sinfdosh qiz, eng yaqin sirdosh, jonajon ustozlar – bugun bularning bari go‘zal bir xotiraga, umr kitobimizning oltin sahifalariga aylangan. Har bir inson maktab davrini, […]
“Yotoqxonada turmagan talaba – talaba emas” yoxud oltin davr sarguzashtlari
Farzandining mandat natijalari e’lon qilingan kundan boshlab ota-onalar o‘g‘il-qizini talabalar yotoqxonasiga joylashtirish harakatiga tushib qolishadi. To‘g‘rida, axir talabalar yotoqxonasida nomiga monand faqat talabalar turishadi. Ham universitetga yaqin, ham borib kelishga qulay, ham kursdoshlar yoki tengqurlar bilan birga dars tayyorlashadi. Buning afzalligi ham shunda. Qolaversa, yotoqxonada doimo nazorat qiluvchi pedagog xodimlar bor. Xullas, farzandini har tomonlama […]
Talabalar qanday ovqatlanishadi?
Bir kuni bir talaba yo‘lda ketayotib, hushidan ketibdi. Odamlar yugurib kelib, atrofini o‘rab olishibdi va suv keltiringlar deyishibdi. Shunda talaba ko‘zini ochib: non ham, debdi. Xalq orasida keng tarqalgan bu latifa bir qarashda kulgili tuyiladi, lekin aslida u talabalar hayotidagi «haqiqat»ni ko‘rsatib bermoqda. Negaki, talabaning qorni «doimo och» deb qaraladi. Tan olish kerak: stipendiya bir […]
Namanganning faqat olmasi mashhurmi yoxud NamDUning muvaffaqiyatga erishgan talabalari?
O‘zbek talaba yoshlari bugungi kunda ham o‘qib, ham ishlab katta muvaffaqiyatlarga erishmoqda. Ilmi va dunyoqarashi keng yoshlar har bir ishda yuqori natijalarga erishib, ularning nomi keng jamoatchilik orasida dong taratmoqda. Bugungi qahramonlarimiz aynan yuragida o‘ti bor yoshlardir, ularning o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlari juda katta. Biz Namangan davlat universitetida ta’lim olayotgan bir qator iste’dodli yoshlarni saralab, […]
Time-management: zararmi yoki foyda?
Biz doimiy band bo‘lgan davrda yashayapmiz. O‘qish, ish, uy-ro‘zg‘or, bola-chaqa deb hayotimiz g‘izillab o‘tib ketganini bilmay qolamiz. Hayotimizni to‘g‘ri va mazmunli o‘tkazish hammamizning o‘zimizga bog‘liq. “Vaqting ketdi – naqding ketdi” degan maqol biz o‘zbeklar uchun begona emas. Butun dunyoda ham shunga o‘xshash iboralar talaygina. Inglizlarda: “Time is money”, ruslarda: “Время – деньги” va boshqalar. Iqtisodchilar […]
Eng yaxshi do‘stimni, kitobimni, senga ilindim!
Ko‘zingizni ochishingiz bilan birinchi qiladigan ishingiz nima? Telefoningizni “kovlash”mi? Dayerli hamma – tongni o‘ziga kelgan xabarlarni o‘qishdan boshlasa kerak. Aslida ham shunday-ku! Texnikanika taraqqiyoti va internet rivoji bizni gadjetlarga ipsiz bog‘lab qo‘ygan. Endi barcha yumushlarimizni qurilmalar orqali amalga oshirishimiz mumkin. Hatto kerakli ma’lumotni topish uchun uzoq vaqt izlash, qayergadir borish yoki kunlab navbat kutishga zarurat […]
O‘qituvchilar talabalar nigohida
Ustoz otangdek ulug‘ – iborasi ustozlarimizga hurmatimiz qanchalik cheksiz ekanligini ifodalaydi. Ular hayot yo‘limizdagi mayoqlarga o‘xshashadi: bizni komillikka yetaklab, shaxs sifatida shakllanishimiz uchun ulkan hissa qo‘shishadi. Darhaqiqat, shunday! Ammo tanganing ikkinchi tomoni ham bor. Xo‘sh, bugungi kunda barcha ustozlar ham “Otamizdek ulug‘mi?” Bu haqida talabalar fikri qanday? Ularning nazdida pedagog qanday bo‘lishi kerak? Keling, yaxshisi, […]