Talaba ehtiyojlari nima uchun inobatga olinmayapti?

Talaba auditoriyadan chiqishi bilan yurak urishi tezlashadi. Sababi – u oldidagi 10 daqiqalik tanaffusni to‘g‘ri taqsimlashga majbur: U bu vaqt oralig‘ida ovqatlanishi, hojatxonaga borishi, keyingi dars auditoriyasiga yetib olishi kerak. Oshxonaga yugursa, navbat uzoq. Hojatxonaga o‘tsa, u yerda ham odam to‘la. Zinadan chiqsa – nafas yetishmaydi, liftni kutsa – darsga kechikadi. Oxir-oqibat, hech narsaga ulgurmay […]
Navoiy ijodini o’rganishda zamonaviy talqin kerak

Alisher Navoiy – bu shunchaki shoir emas, u – so’zning sultoni, dilning tarjimoni, qalbning me’mori. U o’zbek tilini olamga tanitgan, so’z san’atini yuksak cho’qqilarga olib chiqqan, inson qalbiga mehr va adolat urug’ini sepgan buyuk zot. Alisher Navoiy – oʻzbek adabiyotining buyuk siymosi, milliy gʻururimiz timsoli. Uning asarlari asrlar osha avloddan-avlodga oʻtib, maʼnaviy merosimizning bebaho qismiga […]
Nega o‘g‘il bola talabalar sigaretni me’yordan ortiq iste’mol qiladi?

Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining joriy yilda e’lon qilingan global hisobotiga ko‘ra, dunyo aholisining 20 foizi tamaki iste’mol qiluvchilarni tashkil etgan bo‘lsa, ularning 13 foizi, 15-24 yosh toifasidagi odamlar tashkil etadi. Garchi 13-15 yoshli bolalarning taxminan 10 foizi butun dunyo bo‘ylab tamaki mahsulotlarini iste’mol qilsa-da, ularning umumiy soni belgilangan foizga ko‘ra, 37 millionni tashkil etadi. Achinarlisi, ularning aksariyati voyaga yetmagan yoshlar va talabalarni qamrab oladi. Tamakining zararligini bilib turib uni iste’mol qilish yosh o‘tgani sari o‘pka, o‘tkir ichak infeksion kasalliklari, oshqozon va jigar faoliyatiga jiddiy zarar keltirib, insonni yemiradi. Ayrim o‘g‘il bola talabalar Nima uchun tamaki iste’mol qilasiz? degan savolga quyidagicha javob berishdi: “Bilasizmi, buning sababini o‘zim ham tushinmayman. Har kuni ertalab turishim bilan sigaretni chekmasam uyqudan uyg‘ona olmayman. Odatda, qornim ochmi yo to‘qmi farqi yo‘q humori tutsa chekmaguncha boshim og‘rishda davom etaveradi” “Agarda o‘zimga sotib olgan sigaretimni hech kimga bermasam, bir haftaga polna yetadi. Agarda kimgadir bersam, bir yoki ikki kunda tugatib qo‘yaman. Ochig‘ini aytsam, o‘g‘il bola talabalar yeyishga narsasi yo‘qligidan emas balki, qandaydir shaxsiy yoki hayotiy qiyinchiliklar oldida qattiq stressga tushgan paytida beixtiyor chekib qo‘yganini bilmay qoladi” Umuman olganda ular o‘zlarining nima maqsadda chekayotganini tushinishmaydi ham anglashmaydi ham. Shunday ekan, ayrim omillar bunga butkul sabab bo‘la oladi. – Stress va moslashish: Universitetda o‘qish yuqori darajadagi stress bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Ba’zi talabalar chekishni stressdan xalos bo‘lish yoki his-tuyg‘ularni yengish usuli sifatida ishlatishadi; – Chekish madaniyatning bir qismi sifatida: Ba’zi madaniyatlarda chekish odatiy odat sifatida qabul qilinadi va ko‘plab yoshlar oilaviy an’analar yoki tengdoshlarining odatlari tufayli chekishni boshlaydilar. Bu holat aynan (yevro guruhlarda) kuzatiladi. – Mavjudlik va marketing: Tamaki mahsulotlariga oson kirish va yoshlarga mo‘ljallangan reklama kompaniyalari talabalar orasida chekishni ommalashtirishga olib keladi. – O‘z-o‘zini ifoda etishga intilish: Ba’zi talabalar chekishni o‘zlarini ifoda etish, jamiyat me’yorlariga qarshi chiqish yoki mustaqil qilib ko‘rsatish usuli sifatida ko‘rishlari mumkin. Bu omillarga qaramasdan, yoshlar o‘rtasida chekish ko‘rsatkichlari o‘zgarib borayotgani, ko‘plab talabalar […]
Yaxshilikning qaytishi

“Avlod media” yurtimizdagi OTMlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadida oliygohlardagi tadbirlar, media-loyihalarni yoritib borish va tizimdagi iqtidorli xodimlar, talaba-yoshlarning ijod namunalarini, maqola va hikoyalarini e’lon qilib bormoqda. Navbatdagi maqola Toshkent Tibbiyot akademiyasi matbuot xizmati rahbari jurnalist Gulchehra Mirzayeva qalamiga mansub. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, markaziy nerv tizimining organik kasalliklari orasida, «orqa miyaning birlamchi o‘smalarini […]
Ruhiy zo‘ravonlikning ta’lim jarayoniga ta’siri qanday oqibatlarga olib keladi?

Bulling atamasi ruhiy zo‘ravonlik ma’nosini anglatib, ta’lim jarayonida ham talabalarga nisbatan professor-o‘qituvchilar tomonidan ham bosim o‘tkazilish holatlari uchrab turadi. Ayniqsa, eskirgan metodikaga asoslangan ta’lim usullari, professor o‘qituvchilarning talabalarga nisbatan ruhiy zo‘ravonlik qilishining bir ko‘rinishi deb qarash mumkin. Tan olish kerak, bugunda yurtimizdagi OTMlarda, talabaga dars jarayonida fan bo‘yicha qandaydir yangilik o‘rgatish o‘rniga butun hayoti va ko‘rgan-kechirganlarini hikoya qilib, behudaga vaqt sarflaydigan, talabani qiziqtirgan savoliga javob berish o‘rniga uni […]
Pareto qonuni: Talabalar kam harakat bilan qanday ko‘proq natija olishlari mumkin?

Tasavvur qiling: ikki nafar talaba imtihonga tayyorlanmoqda. Biri tun bo‘yi o‘qib chiqadi, ikkinchisi esa faqat eng muhim mavzularni tahlil qilib o‘rganadi. Natijada kim yaxshiroq baho oladi? Ajablanarlisi shundaki, aksariyat hollarda ikkinchi talaba! Nega? Chunki u Pareto qonuniga amal qilgan. Agar siz ham samarali o‘qishni, vaqtni to‘g‘ri taqsimlashni va stressdan qochishni istasangiz, 80/20 qoidasini hayotingizga tatbiq […]
Tahsil olayotgan mutaxassisligim bilan kelajakda ishsiz qolmaymanmi?

Zamon har lahzada shunchalik o ‘zgarmoqdaki, bugun AL kirib borgan soha emas, kompyuterlashmagan soha kishilar hayratiga sabab bo‘layapti desak, mubolag’a emas. Sababi bu olamda har lahzada taraqqiyot bo‘lyapti, hayron qolishga ulgurolmayapmiz. Barcha sohalar avtomatlashtirilsa, biz insonlar nima bilan shug‘ullanamiz? Qaysi kasbni boshidan tutsam, ertaga u jamiyatga foyda olib keladi? Bugun tahsil olayotgan mutaxassisligim bilan kelajakda ishsiz qolmaymanmi? Xo‘sh, dunyo miqyosida qaysi soha […]
Nostrifikatsiya imtihonidan o‘tolmaganlar 2 barobari ko‘p to‘lov qilinadimi? Tartibi qanday?

”Avlod media”ga Nostrifikatsiya imtihonlarini to ‘lovlari va qayta topshirish bilan bog ‘liq murojaatlar kelgan. Maqolada ushbu mavzu yuzasidan to ‘liq ma’lumot beramiz. Nostrifikatsiya bu xorijiy universitet diplomining yurtimizda “tan olinishi”ni bildirib, nostrifikatsiyadan oʻtgan diplomlar bilan Oʻzbekiston hududidagi davlat korxona va tashkilotlarida ishlash mumkin boʻladi. Vazirlar mahkamasi qaroriga muvofiq, xorijiy mamlakatda oʻqigan shaxsning diplomini tan olinishi haqidagi guvohnoma yoki maʼlumotnoma unga […]
Nega xalqaro talabalar ta’lim olish uchun O‘zbekistonni tanlaydi?

2023/2024 – yilgi statistika ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda ta’lim olayotgan xorijlik talabalarning umumiy soni 10, 8 mingdan ortiq. “O‘zbekiston – 2030” strategiyasining alohida qayd etilgan bandi ya’ni 2030-yilga qadar 10 ta oliy ta’lim muassasasini dunyoning eng nufuzli “Top – 1000” oliy ta’lim muassasalari reytingiga kiritish belgilangan. Ta’limni rivojlantirish va oliygohlarga dunyo talabalarini jalb qilish aynan, dastur davomida belgilab o‘tilgan. […]