AQSHda oliy taʼlimning oʻziga xos jihatlari

Qabul

Arizalarni topshirish noyabr oyidan boshlanadi, biroq hujjatlarni oldindan yuborish ham mumkin. Buning yordamida Siz modullardan oʻzingiz uchun individual oʻquv dasturini samaraliroq tuzishingiz mumkin.

AQSh universitetiga qabul qilinganligingizni tasdiqlaganingizdan soʻng, mamlakatdagi boshqa universitetlarga hujjat topshira olmaysiz.

Taʼlim

AQSh universitetlarida oʻquv jarayonining asosiy xususiyati – bu moslashuvchan mutaxassislik:

• Taʼlim umumiy dasturdan boshlanadi. Qabul qilingandan boshlab 1-2 yildan keyin mutaxassislikni tanlashingiz mumkin.

• Fanlar modullarga birlashtirilgan. Ular majburiy va erkin tanlovga koʻra fanlarga boʻlinadi.

• Guruhlar va yoʻnalishlar boʻyicha qatʼiy boʻlinish yoʻq, lekin loyihalar boʻyicha jamoaviy ish olib boriladi.

• O‘qish jarayoni amaliyotga boy.  Talabalar boshlangʻich bilimlarni aniq misollar bilan oʻrganadi va koʻplab loyihaviy ishlarni amalga oshiradilar.

• Mashgʻulotlar odatda darsliklar boʻyicha emas, balki 5 yildan oshmagan ilmiy maqolalar (bu muddatdan oshganlari esa dolzarbligini yoʻqotdi) olib boriladi.

• Professorlar akademik muhitda yutuqqa erishgan boʻlishi, shuningdek, amaliy koʻnikmalarga ega boʻladi (masalan, biznes maktabidagi deyarli barcha oʻqituvchilar oʻz biznesiga ega yoki yirik kompaniyalarda yuqori lavozimlarda ishlagan).  Ular real tajribaga egaligi tufayli talabalarga qimmatli bilimlarni bera oladilar.

• Universitetlarda akademik bo’lmagan faoliyat uchun har qanday klublar va tashkilotlar mavjud.

Baholash tizimi

Harfli baholash tizimi joriy etilganiga qaramay, yakuniy GPA (Grade Point Average) raqamli qiymatga ega. Umumiy oʻzlashtirish imtihon natijalari bilan baholanadi.