«An Introduction to Proposal and Report Writing» onlayn-kursi

Gumanitar liderlik akademiyasi gumanitar faoliyat asoslariga o‘rgatuvchi bepul onlayn-kursni taklif etadi.

Darslar gumanitar faoliyat doirasida hisobotlar va matnlar yozishga bag‘ishlangan.

Kurs gumanitar sohada o‘z faoliyatini boshlayotganlar, shuningdek, ish tajribasiga ega o‘rganuvchilarga mos keladi. Bundan tashqari hech qachon gumanitar faoliyatga yaqinlashmagan yoki o‘z bilimlarini «yangilash» istagidagi o‘rganuvchilarga ham to‘g‘ri keladi.

Mashg‘ulotlar davomiyligi 1-2 soat bo‘lib, onlayn formatda o‘tkaziladi.

Kurs yakuniga ko‘ra, uni to‘liq o‘tganlik to‘g‘risida sertifikat beriladi.

Kursga havola orqali qo‘shilish mumkin: https://kayaconnect.org/course/info.php?id=3024