Amerikada o’qishni xohlovchilar buni bilishi kerak

                        

Xo’sh AQSH universitetlarida o’qish uchun nimalarni bilish kerak? Nimadan va qanday boshlash kerak? Barcha savollarga ushbu maqolada javob topishingiz va siz bilmagan lekin eng muhim ma’lumotlarga ega bo’lishingiz mumkin.

Albatta birinchi navbatda IELTS, SAT, Common application va Collage board tushunchalari bilan tanishib chiqishingiz kerak. Bugungi maqolamizda sizlar bilan har biriga alohida to’xtalamiz. Hozirgi kunda IELTS haqida ko’pchilik o’quvchilar bilishadi va bu juda ham muhim. Amerikaning ko’p universitetlari IELTSdan 6-7 ball talab qilishadi. Agar qancha yuqori ball olsak shuncha ko’p grant yuta olamiz deb o’ylayotgan bo’lsangiz adashasiz. Aslini olganda bu sertifikat talab qilinishining asosiy sababi o’quvchining universitetda darslarni qay darajada o’zlashtirishini aniqlash xolos.

Yana bir bilishingiz kerak bo’lgan narsa bu SAT. Bu sertifikatni qo’lga kiritish uchun matematika va ingliz tili fanlaridan test topshirish kifoya. Ko’pgina universitetlar o’rtacha 1250-1300 dan yuqori SAT ballini talab qilishadi va natijangiz qanchalik baland bo’lsa sizning ko’proq grant yutish ehtimolingiz shuncha oshadi.

Yuqorida sanab o’tilganlar orasida Common application va College board tushunchalari siz uchun notanish bo’lishi mumkin biroq ular sizni turli agentliklarga murojaat qilmasligingiz va shu bilan birga yaxshigina pulingizni tejashga yordan beradi. Sababi barcha agentliklar aynan shulardan foydalangan holda sizga AQSH universitetlariga hujjat topshirishda yordan berishadi. Jarayon juda ham oson lekin bularni bilmasangiz ko’pgina pullaringizni havoga sovurishingiz hech gap emas. College board orqali o’zingizga mos bo’lgan universitetlar ro’yxatini topa olasiz. Common application yordamida esa kerakli barcha hujjatlarni jamlab xohlagan universitetingizga o’qish maqsadida ariza topshirishingiz mumkin.

Bundan tashqari top universitetlar 100% grantlar uchun sizdan yana qo’shimcha turli narsalarni talab qilishi mumkin va bular haqida universitet veb-saytida alohida kategoriyada ma’lumotlar berilgan bo’ladi. Endi nimadan boshlashim kerak degan savol sizni qiziqtiradi albatta. Avvalo siz o’zingizni imkoniyatlaringizdan kelib chiqgan holda o’zingizga mos universitetlarni belgilab ularning talablarini o’rganing. Biroq birinchi qadamni IELTS va SAT sertifikatlarini olishdan boshlash kerak. Ikkinchi qadam esa universitetning qo’shimcha talablari bo’lsa ulardan yoki hujjatlarni jamlashdan boshlash to’g’ri bo’ladi. Agar maqsadingiz 100% grant asosida o’qish bo’lsa siz faqat universitet taklif qiladigan grantlarga ishonib qolmang. Aksincha davlat, turli xil tashkilotlar taklif qiladigan yoki xalqaro grantlar haqida ma’lumot to’plang va ularni yutishga harakat qiling.

Xulosa o’rnida faqat orzu qilish emas o’z maqsadingizni aniq qilib unga olib boradigan yo’lni qidirishdir.

 Behruz Murtozayev