Akademik mobillik imkoniyatlari

Akademik mobillik nima degani?

Barcha talabalar chet elda yoki o ‘zimizning ichki oliygohlarda ta’lim almashinuv Akademik mobillik – talabalarning mamlakatdagi yoki xorijiy oliy ta’lim muassasalarida kelishuv asosida ma’lum muddat davomida o‘qishini davom ettirishini anglatadi. Bu dastur orqali talabalar yo‘nalishi mavjud bo‘lgan boshqa bir oliy ta’lim muassasasida belgilangan muddatga ta’lim olib kelishi mumkin bo‘ladi.

Mobil talabalar qanday guruhlanadi?

Mobil talabalar asosan ikkita guruh orqali ajratiladi:

  1. Erkin harakatlanuvchilar – bunday turdagi talabalar o‘z xohish va tashabbuslari bilan ta’lim olish uchun boshqa hududlarga borishadi. 
  2. Dastur doirasidagi talabalar – bunda oliy ta’lim muassasalarining o‘zi yoki uning biror fakulteti boshqa OTM bilan kelishilgan holda talabalar uchun o‘zaro almashinuv dasturlarini amalga oshiradi. 

Demak, ko‘rinib turibdiki sizning ta’lim oladigan oliygohingiz yurtimizdagi yoki xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan kelishuv imzolagan bo‘lsa, siz yo‘nalishingizga qarab mobil ta’lim olmoqchi bo‘lgan institut yoki universitetni tanlasangiz bo‘ladi.

Akademik mobillik dasturida ta’lim olishni xohlagan talabadan qanday hujjatlar talab etiladi?

Akademik mobillikni ta’minlash va talabaning kreditlari oliy ta’lim muassasasi tomonidan tan olinishida quyidagi hujjatlardan foydalaniladi:

  • Fanlar katalogi;
  • Belgilangan shakldagi ta’lim to‘g‘risidagi kelishuv;
  •  Ma’lumotnoma;
  • Sertifikat.

Akademik mobillik haqidagi barcha ma’lumotlar va tashkil etish jarayonlari haqidagi umumiy qonun-qoidalar https://lex.uz saytida Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi 824-son qarori ilovasi bilan batafsil tanishsangiz bo‘ladi.

“Erasmus” qanday dastur?

Erasmus dasturi

Yevropa Jamiyati talabalarining harakatini taʼminlash sxemasi – bu dastur nomi ingliz tilidagi (European Community Action Scheme for the Mobility of University Students) soʻzlar qisqartmasidan kelib chiqqan. 1987 yilda tashkil etilgan Yevropa Ittifoqi (EU) talabalar almashinuvi dasturi. “Erasmus+” yoki “Erasmus Plus” – bu 2014 yil yanvar oyida ishga tushirilgan barcha Yevropa Ittifoqining taʼlim, oʻquv, yoshlar va sport boʻyicha mavjud dasturlarini birlashtiruvchi yangi dastur. Bu dastur talabalar uchun toʻliq moliyalashtiriladi va grantlarni taqdim etadi.

Erasmus+

Erazmus dasturiga oʻxshash boʻlib bu Yevropada taʼlim, oʻquv, yoshlar va sportni qoʻllab-quvvatlash uchun qabul qilingan Yevropa Ittifoqi dasturi. Dasturda 27 ta davlat yaʼni bu davlat Yevropa Ittifoqiga aʼzo boʻlishi lozim va 6 ta Yevropaning uyushgan mamlakatlari ham ishtirok eta oladi, shuningdek boshqa davlatlar markazdan kuzatuvchi sifatida ishtirok eta oladi xolos. Dasturni boshqarish, yoʻnaltirish va baholash uchun umumiy javobgarlik uning taʼlim, audiovizual va madaniyat ijro etuvchi agentligi (EACEA) yordamida tashkil etiladigan Yevropa Komissiyasiga (taʼlim, yoshlar, sport va madaniyat bosh boshqarmasi) yuklanadi.

Bu dasturda ko‘proq Yevropa oliygohlarida ta’lim oladigan talabalar ishtirok etishi mumkin. Ichki o‘zimizning oliygohlarda bo‘lsa, Akademik mobillik dasturi orqali ta’lim olishingiz mumkin. Mobil dasturning yana bir ijobiy tomoni shundaki, bir talaba oʻzi yashaydigan joydan boshqa, uzoqroq hududdagi oliygohga oʻqishga kirsa-da, borib oʻqishga, yotoqxonada yashashga imkoni boʻlmasa, oʻz hududidagi OTMda yaratilgan akademik mobillik asosida muayyan muddat davomida oʻqishi mumkin. Talablar: bilim sohalari, taʼlim yoʻnalishlari va fanlar oʻzaro mutanosib boʻlishi kerak. Uning ishtirokchilari talabalar, oliy taʼlim muassasalarining akademik va maʼmuriy personallari boʻlishi mumkin. Aslida xalqaro mobillik global mehnat bozori sharoitida kasbiy moslashish hamda taʼlimni davom ettirish imkoniyatini beradi. Ichki akademik mobillik talaba va ularning ota-onalariga qulaylik yaratadi.