“Ziyo Forum” eng zo‘r bekorchi kim ekanini ma’lum qildi

“Ziyo forum” fan va ta’limni rivojlantirish fondi o‘zbek tilidan tarjima qilinishi qiyin bo‘lgan so‘zlarni ifodalovchi futbolkalarni ishlab chiqardi. Futbolkalarda 10 ta so’zning rus tilidagi ma’nosi tushuntirilib yozilgan. Futbolkalar qora rangda bo’lib, ularning ustiga oq rangli yozuv yozilgan.

Ishlab chiqaruvchilar o‘zbek tilining boyligini bildiruvchi, lekin bu haqda gapirilmaydigan so‘zlarni ishlatganlar. Ayni paytda, tilimiz so’z va iboralar bilan to’la bo’lib, ularning ma’nosini bir martada tushunish qiyin. Uning chuqurligini boshqa tildagi so’z bilan yetkazib berib bo’lmaydi. Ayrim so’zlarni esa dunyoning biron bir tiliga tarjima qilishning ham iloji yo’q.
Masalan:

Valakisalang

Aylanay

Buyursin

Dimogʻdor

Takasaltang

Takarakatum

Oʻrgilay

Koʻzingga qara

Farosat

Hormanglar

To’liqroq ma’lumot: https://ziyoforum.uz/fond-yangiliklari/post/ona-tilim-mening-faxrim-ozbek-tilida-sozlarni-organishning-zamonaviy-usuli