“Ziyo forum” – besh yoshda!

«Ziyo forum» ilm-fan va ta’lim-tarbiyani rivojlantirish xalqaro jamg‘armasi fan va ta’lim sohasidagi muvaffaqiyat va yutuqlarining besh yilligini nishonlaydi.

2024-yil 30-noyabr kuni «Ziyo forum» ilm-fan va ta’lim-tarbiyani rivojlantirish xalqaro jamg‘armasi o‘zining besh yilligini nishonlaydi va barchani ulkan tantanaga taklif etadi. Shu munosabat bilan, mehmonlar uchun ko‘ngilochar tadbirlar, musiqiy chiqishlar va fotoko‘rgazmalar bilan bayramona muhitda o‘tadigan dastur tayyorlangan.

Bayram tadbirida tashrif buyuruvchilar uchun turli qiziqarli tadbirlar, jumladan, Jenga va stol tennisi kabi o‘yinlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Ishtirokchilar o‘ziga xos dizaynga ega fotozonalarda esdalik uchun suratga tushishlari mumkin. Bundan tashqari, turli taomlardan iborat kofe-breaklarda ovqatlanish imkoniyati ham taqdim etiladi.

Kechaning alohida e’tiborga sazovor qismi musiqiy dastur bo‘ladi. Unda mashhur san’atkorlar Ruxsora emm va Konsta sahnada jonli ijro bilan chiqish qilib, mehmonlarga unutilmas lahzalarni taqdim etadi.

“Ziyo Forum”ning besh yilligini nishonishi nafaqat sarhisob tadbiri, balki har bir mehmon uchun yangi yutuqlar sari ilhomlanish va fond kelajagini tasavvur qilish  imkoniyatidir.

Batafsil ma’lumotni fondning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalaridan bilib olishingiz mumkin:

Sayt: https://ziyoforum.uz/

Instagram: https://www.instagram.com/ziyo_forum?utm_source=ig_web_button_share_sheet&igsh=ZDNlZDc0MzIxNw==

Telegram: https://t.me/Ziyoforum_uz