Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi davlat stipendiyasi ta’sis etiladi

Prezident qaroriga ko‘ra, 2023/2024 o‘quv yilidan OTM talabalari uchun tarix va geografiya yo‘nalishlarida Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi davlat stipendiyasi ta’sis etiladi.

2023 yil 1 avgustgacha o‘zbek, rus, ingliz tillarida faoliyat yuritadigan xalqaro ilmiy boburshunoslik elektron platformasi va uning mobil ilovasi yaratiladi.