Yurisprudensiya yoʻnalishi boʻyicha 15 ta OTMga hujjat topshirish mumkin.

Toshkent davlat yuridik universitetidan tashqari yana 14 ta OTMda yurisprudensiya boʻyicha qabul boʻlar ekan.

Taqqoslash uchun: oʻtgan yili jami 9 ta OTM boʻlajak huquqshunoslarni qabul qilgandi. Demak, joriy yilda yana 6 ta OTMda ham yurisprudensiya yoʻnalishi ochilgan. Jumladan, OʻzMU va Xalqaro islom akademiyasiga yana yurisprudensiya qaytdi.

Jami 15 ta OTM yurisprudensiya yoʻnalishi boʻyicha talabalarni qabul qiladi:

1) Toshkent davlat yuridik universiteti
Yurisprudensiya:

  • davlat-huquqiy faoliyati
  • jinoyat-huquqiy faoliyati
  • biznes huquqi
  • xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik
  • davlat boshqaruvi

2) Qoraqalpoq davlat universiteti
Yurisprudensiya (faoliyat turlari boʻyicha)

3) Namangan davlat universiteti
Yurisprudensiya (faoliyat turlari boʻyicha)

4) Samarqand davlat universiteti
Yurisprudensiya (faoliyat turlari boʻyicha)

5) Termiz davlat universiteti
Yurisprudensiya (faoliyat turlari boʻyicha)

6) Andijon qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar instituti
Yurisprudensiya (qishloq xoʻjaligi xuquqi)

7) Toshkent davlat transport universiteti
Yurisprudensiya (xalqaro transport huquqi)

8) Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti
Yurisprudensiya (xalqaro huquqiy faoliyat)

9) Jamoat xavfsizligi universiteti
Yurisprudensiya (faoliyat turlari boʻyicha)

Yangilar:

10) Oʻzbekiston Milliy universiteti
Yurisprudensiya (biznes huquqi)

11) Buxoro davlat universiteti
Yurisprudensiya (faoliyat turlari boʻyicha)

12) Fargʻona davlat universiteti
Yurisprudensiya (faoliyat turlari boʻyicha)

13) «Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti» milliy tadqiqot universiteti
Yurisprudensiya (transchegaraviy suv va yer munosabatlari)

14) Qoraqalpogʻiston qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar instituti
Yurisprudensiya (qishloq xoʻjaligi huquqi)

15) Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi
Yurisprudensiya (Islom huquqi)