Yuridik universitetda kirish imtihonlaridagi tarix fani huquqshunoslikka o‘zgartirildi

Shu kunlarda turli kanallarda 2023 yildan boshlab Toshkent davlat yuridik universitetiga kirish imtihonlarida tarix fani huquqshunoslikka almashtirilishi eʼlon qilindi.

Bu maʼlumotlardan so‘ng aksariyat abituriyentlarni endi TDYUga kirish imtihonlariga qanday darsliklar yordamida tayyorlanish kerakligi qiziqtirmoqda.

2023—2024 yillarda Yuridik universitetga kirish imtihonlarida hujjat topshirgan abituriyentlar 2-bo‘limdagi tarix fani o‘rniga huquqshunoslik fanidan 4 ta kitob bo‘yicha tayyorlanadi:

8-sinf “Davlat va huquq asoslari”

9-sinf “Konstitutsiyaviy huquq asoslari”

10-sinf “Davlat va huquq asoslari”

11-sinf “Davlat va huquq asoslari” kitoblaridan imtihon topshiradi.

Boshqa fanlarda o‘zgarishlar yo‘q. Asosiy blokdagi yana bir fan — ingliz tili. Odatdagidek, Majburiy fanlar 3 ta fandan iborat.

Tarixdan 11 ta kitob o‘rniga huquq fanidan 4 ta kitobdan imtihon topshirilsa, Toshkent davlat yuridik universitetiga kirishda tanlov va kirish ballari ko‘tariladi. Shu sababli, ushbu universitetga kirishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan 10 va undan kichik sinf o‘quvchilari hozirdanoq huquqshunoslik fani bo‘yicha tayyorgarlik ko‘rishni boshlashlari mumkin.