15-mart kuni Toshkent shahridagi Yodju texnika institutida talabalar uchun bo’sh ish o’rinlari yarmarkasi o’tkaziladi:
«YTIT JOB FAIR – 2022»
Tadbirga mamlakatimizda ko’zga ko’ringan kompaniya va tashkilot vakillarining HR menejarlari taklif etilgan.
Unda talabalar quyidagi imkoniyatlarga ega bo’ladilar:
– kompaniyalar va tashkilotlar taqdimotlari bilan tanishish;
– ish beruvchilar bilan bevosita uchrashish va mavjud bo’sh ish o’rinlari va stajirovkalar to’g’risida to’liq ma’lumot olish;
– dastlabki rekruting saralash bosqichlarida ishtirok etish;
– talabalar loyihalari va ijodiy chiqishlaridan bahramand bo’lish.
Ishlash istagida bo’lgan talabalar o’zlari haqida rezyume tayyorlab, rasmiy kiyimda kelishlari so’rab qolinadi.