“Osiyo Olimpiya kengashi dastlab O‘zbekiston poytaxti Toshkentda o‘tkazilishi rejalashtirilgan III Osiyo o‘smirlar o‘yinlari bekor qilinganini e’lon qiladi. 2024-yil 2-dekabrda bo‘lib o‘tgan ijroiya kengashi yig‘ilishida qabul qilingan qarorga ko‘ra, tadbir endi 2025 yilda Bahrayinda o‘tkaziladi” – deb Osiyo Olimpiya kengashi matbuot xizmati xabar qiladi.
Muzokaralar jarayonlarida, nima sababdan, Toshkentda o‘tkazilmayotganiga hozircha izoh berilgani yo‘q. Ma’lumot uchun, yoshlar o‘rtasidagi Osiyo o‘yinlari sentyabr oyida bo‘lib o‘tishi belgilangandi.
Olimpiya o‘yinlari uchun poytaxtimizning Yashnobod tumanidagi Olimpiya shaharchasining qurilish ishlarining katta qismi yakunlangan edi.