Yoshlar ittifoqi sardori «Spark» g‘olibi bo‘ldi

Sirdaryo viloyatidan Yorqinjon Xayitboyev «Yosh kitobxon» ko‘rik-tanlovining Respublika bosqichida 15–19 yoshlilar o‘rtasida 1-o‘rinni egallab, «Spark» avtomashinasi sohibi bo‘ldi.

Yorqinjon Xayitboyev uzoq yillar Yoshlar ittifoqining «Kamalak» bolalar tashkilotida yetakchi bo‘lib ishlab, Vazirlar Mahkamasining 914-sonli Qarori asosida hozir Guliston davlat universiteti talabasi.