Yosh olimlar qisqa muddatli ilmiy stajirovkalarga yuboriladi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi iqtidorli yoshlarning ilmiy g‘oyalarini rag‘batlantirish, ularning xorijiy universitetlar va ilmiy markazlarda qisqa muddatli stajirovkalarini tashkil etish maqsadida tanlov e’lon qildi.

Shu munosabat bilan, oliy ta’lim va ilmiy tashkilotlar (buyurtmachilar) stajirovka o‘tashga tavsiya qilinuvchi nomzodlar to‘g‘risidagi ma’lumot (hujjat)larni 6-aprel sanasiga qadar Agentlikka taqdim etishlari mumkin.

Qo‘shimcha ma’lumotlar olish uchun:
https://t.me/eduuz/12543