Yevropa Parlamentida stajirovka

Yevropa Parlamentida Schuman Traineeship stajirovkasi uchun qabul boshlandi. Dedlayn – 2021-yil 30-noyabr.

Yevropa Parlamenti stajyorlar uchun sekretariatda turli vakansiyalar taklif etadi. Stajirovkadan maqsad – yosh fuqarolarga zarur tajribaga ega bo‘lishda yordam berishdan iborat.

Stajirovka 5 oy davom etadi. Har bir nomzod 3 ta vakansiya uchun ariza topshirishi mumkin.

Bryussel yoki Lyuksemburgda ishlaydigan stajyorlarhar oyda 1339 yevro oladi.

Talablar:

• Oliy ma’lumotga ega 18 yoshdan katta shaxslar;

• Yevropa ittifoqida amal qiladigan tillardan birini mukammal bilish;

• YI a’zo mamlakatlari yoki viza talablariga muvofiq boshqa mamlakatlar fuqarolari;

• Nomzod stajirovka mobaynida mehnat shartnomasi yoki boshqa turdagi mehnat munosabatlari shartnomalarida tomon sifatida bo‘lmasligi kerak;

• Nomzod so‘nggi 6 oy mobaynida ta’lim olmagan va tadqiqot faoliyati bilan shug‘ullanmagan bo‘lishi lozim.

Dastur to‘g‘risida batafsil ma’lumotni bu yerdan olishingiz mumkin.