Yaponiya, Kanada va AQSHda taʼlim olish uchun stipendiya

Rotary Yoneyama stipendiyasi

Chet ellik talabalar Yaponiyada taʼlim olishi uchun stipendiya eʼlon qilindi. Dedlayn – 2021-yil 15-dekabr.
 
Rotary Yoneyama stipendiyasi Yaponiya universitetida oʻqishni rejalashtirayotgan talabalar uchun moʻljallangan. Dasturda bir nechta oliygohlar ishtirok etadi. Har bir oliygoh oʻz nomzodini oʻqishga qabul qilishi va stipendiya taqdim etishi mumkin. Nominatsiyalar Rotary Selection Committee qoʻmitasiga yakuniy qaror qabul qilish uchun yuboriladi.

Saralash 2 bosqichda amalga oshiriladi: 1 – oliygohlar nomzodlarni tanlaydi; 2 – Rotary Selection Committee tomonidan saralash.
 
Stipendiya Yaponiya oliygohlarida oʻqiyotgan yoki tadqiqot olib borayotgan iqtidorli chet ellik talabalarni qoʻllab-quvvatlaydi. Vatani va xalqaro hamjamiyatni rivojlantirishda faol qatnasha oladigan talabalar stipendiya sohibi boʻlishi mumkin.
 
Dastur quyidagilarni taklif etadi:
 
• 15 ta stipendiya: bakalavriat – 100 000 yen, magistratura va aspirantura – 140 000 yen;
• Yaponiyaga ekonom klass avia-chiptasi.

Talablar:
 
• nomzodlar Yaponiya fuqarosi bo‘lmasligi kerak;
• nomzod 45 yoshdan kichik bo‘lishi kerak;
• yapon tilini bilishi lozim;
• Rotary Yoneyama stipendiyasi yoki boshqa istalgan stipendiya sohibi ariza topshira olmaydi;
• Talabalar bilim olishga intilishlari, aniq maqsadga ega, madaniy farqlarni hurmat qilishlari, o‘z fikrlarini ifoda etish va boshqalar bilan muloqot qilish qobiliyatiga ega, sog‘lom ruhiy va jismoniy salomatlikka ega bo‘lishi kerak.

Dastur haqida batafsil ma’lumotni bu yerdan olish mumkin.

Simon Fraser University stipendiyasi

Kanadada oliy ma’lumot olish uchun stipendiya e’lon qilindi. Dedlayn – 2021-yil 15-dekabr.

Simon Fraser University ta’lim olish va sinfdan tashqari mashg’ulotlarda faol bo’lgan talabalar uchun stipendiya taklif etadi. Stipendiya kuzgi semestrda istalgan bakalavr dasturi uchun o’qishga qabul qilingan kanadaliklar, shuningdek, chet ellik fuqarolarga mo’ljallangan.

Dastur quyidagilarni taklif etadi:

Stipendiya miqdori 10 000 dollarni tashkil qiladi. Bu miqdor o’qish, majburiy universitet to’lovlari va Kanadada yashash uchun yetarli.
 
Talablar:

• o‘qishga kirishda nomzod kamida 90% yoki IB 31 ball to‘plashi kerak;
• talabalar o’qituvchilar va maslahatchilar bilan bog’lanishlari, kursni rejalashtirishlari va boshqa manbalar bilan tanishishlari mumkin;
• Moliyaviy qiyinchilikka duch kelgan iqtidorli talabalarning turar joy xarajatlari to‘lanadi.

Dastur haqida batafsil ma’lumotni bu yerda topishingiz mumkin.

Valparaiso University stipendiyasi

AQSHda bakalavr talabalari uchun stipendiya e’lon qilindi. Dedlayn –2021-yil 15-dekabr.

Valparaiso University chet ellik talabalar uchun bir qator stipendiyalarni taklif etadi. Stipendiya talabalarga AQSHda oliy ta’lim olish imkonini beradi.

Dastur quyidagilarni taklif etadi:

• Board of Directors Scholarship. Universitetning birinchi kursiga qabul qilingan talabalar stipendiyani olishlari mumkin. Stipendiya (ACT yoki SAT) va GPA asosida beriladi. Stipendiya miqdori 26 ming dollarni tashkil qiladi.
• Presidential Scholarship. Universitetning birinchi kursiga kirgan talabalar stipendiyani olishlari mumkin. Grantlar (ACT yoki SAT) va GPA asosida beriladi. Test natijalari 15-dekabrgacha topshirilishi kerak. Stipendiya miqdori 20 000 – 22 000 dollarni tashkil qiladi.
• Honors Scholarship. Universitetning birinchi kursiga kirgan talabalar stipendiyani olishlari mumkin. Grantlar (ACT yoki SAT) va GPA asosida beriladi. Test natijalari 15-dekabrgacha topshirilishi kerak. Stipendiya miqdori 17 000 – 19 000 dollarni tashkil qiladi.

Talablar:

• Stipendiyalardan biri Valparaiso University bakalavriat dasturlaridan birining birinchi kursiga kirgan talabalar uchun ochiq.
• Barcha talabalar avtomatik ravishda stipendiyalardan biriga da’vogar deb hisoblanadi. Asosiy mezonlar ACT yoki SAT va GPA test ballari.

Dastur haqida batafsil ma’lumotni bu yerda topishingiz mumkin.