TOSHKENT DAVLAT YURIDIK UNIVERSITETIGA OʻQISHGA KIRISHDA TARIX OʻRNIGA HUQUQIY FANLARDAN TEST TOPSHIRISH AMALIYOTI JORIY ETILADI

Bugungi kunda Toshkent davlat yuridik universitetiga oʻqishga kirishda abituriyentlar 2 ta boʻlimdan iborat 5 ta fan majmuasidan test sinovlari topshiradi.

1-boʻlimda barcha yoʻnalishlar uchun majburiy 3 ta fan – ona tili (oʻzbek, rus yoki qoraqalpoq tili), matematika va oʻzbekiston tarixi;

2-boʻlimda 2 ta fan – tarix va chet tili fanlari jamlangan.

TDYU Kengashi 2023/2024-oʻquv yilidan boshlab mutaxassislik blokidagi tarix fani oʻrniga huquqiy fanlarni kiritish toʻgʻrisida qaror qabul qildi.

Ya’ni bu yangilik keyingi yildan emas, balki 2-yildan keyin joriy qilinadi.

Yanada aniqroq qilib aytganda, hozir maktabda 11-sinfda oʻqiyotganlar keyingi yil imtihonda tarixdan test topshiradi, hozir 10-sinfda oʻqiyotganlar esa 2023-yilgi testda tarix oʻrniga huquqiy fanlardan test topshiradi.

Ma’lumot o‘rnida, bugungi kunda umumtaʼlim maktablarida 4 yil davomida yuqori sinflarda Davlat va huquq asoslari hamda Konstitutsiyaviy huquq asoslari fanlari oʻqitib kelinmoqda. Test savollari ushbu maktab darsliklari asosida tuziladi.