Yangi Oʻzbekiston bogʻida Yangi yil ertagi

Bogʻ barchani katta archa oldidagi bayram dasturiga taklif etadi.

Bu yilda bosh archa Yangi Oʻzbekiston bogʻida yasatildi. 20-dekabr kuni bogʻ hududida Yangi yilga bagʻishlab chiqishlar, rang-barang shoular va bayramona aksiyalar boshlandi. Tadbirlar 2022-yil 10-yanvargacha davom etadi.

Har kuni 10:00dan 22:00gacha Yangi yil shukuhidan zavq olish mumkin.

Mehmonlarni quyidagilar kutadi:

·       10:00 – jonli musiqa;
·       12:00 – spektakllar;
·       13:00 – filarmoniya ijrochilari chiqishlari;
·       14:00 – sirk;
·       15:00 – multfilm;
·       16:00 – spektakllar;
·       17:00 – Live Bands chiqishlari;
·       18:00 – estrada yulduzlaridan konsert;
·       19:00 – QVZ;
·       19:30 – illyuzionist chiqishlari;
·       20:00 – estrada yulduzlari bilan raqsbop shou;
·       21:00 – didjey bilan diskoteka;
·       22:00 – tadbirlar yakuni.

Shuningdek, poytaxtda bogʻga borish uchun Doʻstlik metro bekatidan yuradigan bepul avtobus qoʻyilgan. Parkka kirish bepul.