Qarorga ko‘ra, 1 iyundan har yili xodimlar, maktab o‘quvchilari va talabalar uchun turli yo‘nalishlarga sayohatlar tashkil etiladi.
Aniq sayohat jadvali yaqin oylarda e’lon qilinishi kutilmoqda.
Shuningdek, ichki turizmni rivojlantirish uchun endi O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qilishda turistik keshbek bo‘ladi. Keshbek toʻlovi Turizm vazirligining elektron platformasi orqali amalga oshiriladi.
Sayohat xarajatlarini qoplash, agar safar davomida havo, temir yo’l yoki avtomobil transportidan, turar joy xizmatlaridan foydalansangiz va madaniy tashkilotlarga tashrif buyurgan bo’lsangiz, olinishi mumkin.