Xalqaro talaba Guangli Xu universitetidagi oxirgi semestrni o‘tkazishga g‘ayrioddiy yondashuvni qo‘lladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, haftasiga bir marta o‘z shahridan Melburnga uchib, dars mashg‘ulotlarga borish uchun Avstraliyaga samolyot orqali yetib boradi.
U SBS Mandarin telekanaliga bergan intervyusida: “Uyimga qaytish parvoz taxminan 72 soat davom etadi. Bir yo‘nalish samolyotda taxminan 10 -13 soat davom etadi” – deb aytib o‘tgan.
Avgust va oktyabr oylari orasida u Avstraliyaga 11 marta aviaqatnovni amalga oshirdi, har bir safarning narxi taxminan 1500 dollarni tashkil etadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu xarajat Melburndagi odatdagi oylik yashash xarajatlari bilan solishtirganda ancha kamroq. Uning fikricha, umumiy xarajat unchalik farq qilmaydi. Ammo pul Xitoyda ko‘proq sarflanadi, Avstraliyada bo‘lsa bu ko‘rsatkich ancha past.