Pekin universiteti qoshidagi Yenching Akademiyasi stipendiyasi Xitoy tili va madaniyatini to’g’risida batafsil ma’lumot olish imkoniyatini beradi. Bundan tashqari, Akademiya talabalar uchun o’z manfaatlariga muvofiq 6 hil tadqiqotlardan birini tanlash imkoniyatini beradi. Ushbu tadqiqot sohalariga iqtisodiyot va menejment, tarix va arxeologiya, falsafa va din, siyosat va xalqaro munosabatlar, huquq va jamiyat, adabiyot va madaniyat kiradi.
Stipendiya quyidagilarni o’z ichiga oladi:
- O’qish uchun to’lov
- Turar joy
- Oylik stipendiya
- Ikki tomonlama sayohat narxi va dala tadqiqotlari xarajatlari.
Muddati: 2022 yil 27-noyabr stipendiyalarning Umumiy soni: 120.