Xitoyda kollej talabasi pichoq bilan sakkiz nafar kursdoshini o‘ldirdi

Xitoy sharqidagi Tszyansu provinsiyasida talaba pichoq bilan kollej talabalariga hujum qildi, deya xabar bermoqda Reuters politsiya ma’lumotlariga tayanib.

Oqibatda sakkiz kishi halok bo‘lgan, 17 kishi jarohatlangan. Hujum Yixing shahridagi politexnika kollejida sodir etilgan.

Hujumni 21 yoshli yigit amalga oshirgan. Gumonlanuvchi voqea joyida qo‘lga olindi.

Jinoyatni sodir etgan talabaning ruhiy holati qandayligi va salomatligi haqida tezkor ma’lumotlar hali oshkor etilmadi, biroq o‘rganishlar davom etmoqda.