Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev bayram arafasi davlat va jamiyat hayotida faol bo’lgan bir guruh ayol-qizlarni turli unvon, orden va medallar bilan mukofotladi. Taqdirlash marosimida 28 nafar ayol-qizlarga Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti topshirildi. Ulardan 17 nafari iqtidorli talaba qizlar edi:
Maqsadova Zuxraxon Qaxramon qiz — Qoraqalpoq davlat universitetining 2-bosqich talabasi,
Orinbayeva Yerkinay Quanishbay kizi — Nukus davlat pedagogika institutining 4-bosqich talabasi,
Zaynobiddinova Durdonabegim Sarvarjon qizi — Andijon davlat tibbiyot institutining 6-bosqich talabasi,
Mashrabova Muxlisa Alijon qizi — Andijon davlat universitetining 2-bosqich talabasi,
Davlatova Nafosat Furqat qizi — O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining 4-bosqich talabasi (Buxoro viloyati),
Bahodirova Sevara Bahodir qizi — Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining 2-bosqich talabasi (Jizzax viloyati),
G‘o‘chchiyeva Rohilabonu Abdurahmon qizi — O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 3-bosqich talabasi (Qashqadaryo viloyati),
Axmadaliyeva Nilufar Qobuljon qizi — Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutining 4-bosqich talabasi (Namangan viloyati),
Jurayeva Gulchexraxon Zokirjon qizi — O‘zbekiston davlat konservatoriyasining 4-bosqich talabasi (Namangan viloyati),
Orziqulova Xilola Fazliddin qizi — O‘zbekiston davlat konservatoriyasining 3-bosqich talabasi (Samarqand viloyati),
Alimova E’zoza Zafar qizi — Toshkent davlat pedagogika universitetining 4-bosqich talabasi (Sirdaryo viloyati),
Abdusalamova Kumushxon Shakir qizi — Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2-bosqich magistranti (Toshkent viloyati),
Seit-Asan Feride Ernestovna — O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 1-bosqich magistranti (Toshkent viloyati),
Naypak Vasilisa Romanovna — Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati institutining 3-bosqich talabasi (Farg‘ona viloyati),
Oripova Zarnigorxon Matqulbek qizi — Farg‘ona politexnika institutining 1-bosqich magistranti,
Davletova Ullijon Sapavoy qizi — Urganch davlat universitetining 3-bosqich talabasi.,
Jamilova Sabina Ulug‘bek qizi — O‘zbekiston davlat konservatoriyasining 1-bosqich talabasi (Toshkent shahri).