Xalqaro ekologik huquq boʻyicha ochiq maʼruzalar oʻtkaziladi

Talaba -yoshlar va professor -oʻqituvchilar diqqatiga!

Jorj Vashington universiteti professori Rendall Abate ishtirokida anjuman boʻlib oʻtishi koʻzda tutilgan.
23–29-may kunlari Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim oʻzgarishini oʻrganish universitetida («Green Universiyt») Jorj Vashington universiteti professori Rendall Abate ishtirokida ochiq maʼruzalar boʻlib oʻtadi.
Mazkur anjuman doirasida:
23–24-may kunlari boʻlib oʻtadigan maʼruzalarning birinchi turkumi xalqaro ekologik huquqqa bagʻishlangan.

27–29-maygacha boʻlgan ikkinchi maʼruza turkumida professor iqlim oʻzgarishini boshqarish haqida soʻz yuritadi.

Maʼlumot uchun, professor Randall Abate Jorj Vashington universiteti huquq fakultetining atrof-muhit huquqi boʻyicha dekan oʻrinbosari. Qariyb 30 yillik tajribaga ega professor Abate atrof-muhit va iqlim oʻzgarishi qonunchiligiga ixtisoslashgan.

Maʼruza talabalar, oʻqituvchilar, huquq, xalqaro munosabatlar va tegishli sohalar mutaxassislari uchun ochiqdir. Maʼruzalar «Green University»da (Toshkent viloyati, Toshkent tumani, Darxon, Chimkent koʻchasi) ingliz tilida oʻtkaziladi.