Xalqaro bag’rikenglik kuni muborak bo’lsin!

Bayram munosabati bilan mamlakatimizda “Bag‘rikenglik haftaligi” e’lon qilindi.

15–21-noyabr kunlari O‘zbekistonda 16-noyabr – Xalqaro bag‘rikenglik kuniga bag‘ishlangan “Bag‘rikenglik haftaligi” o‘tkazilmoqda.

“Bag‘rikenglik haftaligi”ni o‘tkazishdan maqsad jamiyatimizda do‘stlik va bag‘rikenglik muhitini mustahkamlash, yoshlarni Vatanga muhabbat va sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni hurmat qilish ruhida tarbiyalash, xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalarini rivojlantirishdan iborat.

Haftalik doirasida “O‘zbekiston – bag‘rikeng diyor” shiori ostida turkum madaniy-maʼrifiy tadbirlar, jumladan, “Do‘stlikni tarannum etgan yurt” hujjatli filmi taqdimoti, xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya, kitoblar ko‘rgazmasi, fotoko‘rgazma, ilmiy-amaliy va maʼrifiy anjumanlar, boshqa tadbirlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.