Xalq taʼlimi boʻlimi xodimi pora olayotgan vaqtida qoʻlga olindi

Farg‘ona viloyati Rishton tumani xalq ta’limi bo‘limi xodimi o‘zining tanishi bo‘lgan ayol bilan til biriktirib, yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali 2 nafar fuqaroni Farg‘ona davlat universitetining maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim hamda huquqshunoslik fakultetlariga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 18 ming dollar olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.