World Press Photo fototanlovi

Fotojurnalistlar xalqaro tanlovi eʼlon qilindi. Dedlayn – 2022-yil 11-yanvar.

Barcha professional fotograflar ishtirok etishi mumkin. Buning uchun tanlov saytida ariza topshirish kerak.

Suratlar quyidagi nominatsiyalar boʻyicha qabul qilinadi:

·       Portret surat;

·       Suratlar toʻplami (3-10 fotosuratdan iborat hikoya);

·       Uzoq muddatli loyiha (bir mavzuga oid 24-30 ta fotosuratdan iborat loyiha);

·       Erkin format (fotografiya asosiy vizual tarkib boʻlgan keng diapazonli va turli janrlarni qarshilovchi yangi kategoriya).

Portet surat formatida taqdim etilgan barcha suratlar 2020-yilda suratga olingan boʻlishi kerak. Boshqa kategoriyalar boʻyicha suratlar 2019–2020-yillarda suratga olingan boʻlishi lozim. Toʻplamlarda 3 tadan 10 tagacha (uzoq muddatli loyihalardan tashqari) surat boʻlishi lozim.

Gʻolib 5 000 yevro miqdorida pul mukofotiga ega boʻladi.

Tashkilotchi – World Press Photo.

Tanlov toʻgʻrisida batafsil maʼlumotni bu yerdan olishingiz mumkin.