«Women in STEM» ayollar stipendiya dasturi

Britaniya Kengashining O’zbekistondagi vakolatxonasi 2023-yil uchun «ayollar STEM» stipendiya dasturiga hujjatlarni qabul qilish boshlanganini e’lon qiladi.

Ushbu stipendiya dasturi Buyuk Britaniyadagi universitetlarda «STEM» ayollarini o’qitish imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan.

Ushbu stipendiya dasturiga nomzodlar Britaniya kengashi tomonidan to’g’ridan-to’g’ri ochiq tanlov asosida tanlanadi.

Joriy yil uchun O’zbekistonga uchta grant o’rni ajratilib, Britaniyaning uchta universitetida (Portsmut universiteti, Krenfild universiteti, Sent-Endryu universiteti) o’qish joriy yilning oktyabr oyida boshlanishi rejalashtirilgan. Dastur uchun hujjatlar 2023-yil 30-martgacha qabul qilinadi.

Ushbu stipendiya dasturi va ariza berish haqida ko’proq ma’lumotni uning veb-sahifasida topishingiz mumkin https://www.britishcouncil.uz/en/study-uk/scholarship-women-stem