WISE Awards eng yaxshi maʼrifiy loyiha uchun mukofot

Taʼlim sohasida xalqaro loyiha ish boshladi. Dedlayn – 2022-yil 17-yanvar. 

Har yili WISE Awards global taʼlim muammolarini hal qiluvchi oltita muvaffaqiyatli va innovatsion loyihalarni tanlab oladi va ularni targʻib qiladi. Mukofot ixtiyoriy daraja va muhitdagi ta’lim sohasiga oid eng dolzarb muammolarga yechim topishda ijodiy va samarali bo‘lgan nomzodlarga beriladi.

Eng yaxshi loyiha 20 000 dollarga sazovor boʻladi va media platformalar orqali targ‘ib qilinadi. Mukofot loyihani qoʻllab-quvvatlash yoki yangi gʻoyalarni moliyalashtirishga qaratilmagan.

Talablar:

• tanlov ishtirokchilaridan turli nominatsiyalar bo‘yicha arizalar qabul qilinadi;

• nomzodning ixtiyoriy tashkilotda (kollej, oliy o‘quv yurti, tadqiqotchilar uyushmasi, maktablar, ta’lim sohasida faoliyat yurituvchi jamoat tashkilotlari) amal qilayotgan allaqachon mavjud va faol loyihaga ega bo‘lishi kerak;

• loyihalar ta’limning istalgan sohasiga (maktabgacha, boshlang‘ich, o‘rta, oliy, oliy kasb-hunar ta’limi, imkoniyati cheklanganlar uchun ta’lim, norasmiy ta’lim, masofaviy ta’lim) tegishli bo‘lishi mumkin;

• loyihalar dunyoning istalgan nuqtasidan qabul qilinadi.

Ariza va nominatsiyalar ingliz tilida onlayn qabul qilinadi.

Tashkilotchi – Qatar Foundation.

Tanlov haqida batafsil maʼlumotni bu yerdan olish mumkin.