Vestminsterga $10,2 mingga o‘qishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

Farg‘onada fuqaroni Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universitetiga 10 200 AQSH dollari evaziga o‘qishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Qayd etilishicha, Qo‘qon shahrida fuqaro A.A. boshqa bir fuqaro S.ning ishonchiga kirib, uning qizini 10 200 AQSH dollari evaziga Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universitetiga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan.

Talab qilingan puldan 5 000 AQSH dollarini olgan vaqtida fuqaro A.A. ashyoviy dalillar bilan ushlangan.